Materiallar xaridi ustidan nazoratni tashkil etish


Download 30.79 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi30.79 Kb.
#1486160
1   2   3   4   5
Bog'liq
Materiallardan foydalanishni nazorat qilish

2.Inventarizatsiya nima
Korxonada mavjud bo‘lgan mulklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida, yuritilayotgan hisob ma’lumotlari nechog‘lik haqiqiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar deganda, asosiy vositalar, nomoddiy, aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablag‘lari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qarzlari, bank kreditlari, olingan qarzlar tushuniladi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi ma’lumotlar albatta, haqiqiy ma’lumotlar asosida bo‘lmog‘i lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir.
Inventarizatsiya – korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish demakdir.
Korxonalarda asosan, 1 oktyabrdan keyin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik balans ma’lumotlarini haqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo qo‘yidagi holatlarga ham e’tiborniqaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi.
Hozirgi davrda korxonalarga berilgan mustaqillik ularning hamma faoliyatlarida o‘z aksini topmoqda. Shular jumlasidan, inventarizatsiya o‘tkazish muddati va ob’ekti ko‘rsatilgan ro‘yxat ham, korxona rahbariyati tomonidan mustaqilravishda yil boshiga tuziladi. Bu ro‘yxatga binoan, korxonada doimo amaliyotda bo‘ladigan inventarizatsiya komissiya a’zolari tarkibi ham tuzilgan bo‘ladi. Bularni hammasi korxona rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiya o‘tkazish haqidagi ro‘yxat bo‘yicha amalga oshiriladigan inventarizatsiya rejali hisoblanadi.
Inventarizatsiyani yuqoridagi, o‘tkazish tartibiga ko‘ra turga bo‘lishdan tashqari, qo‘yidagi xususiyatiga qarab ham turga ajratish mumkin. Mablag‘lar qancha qismini inventarizatsiya qilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

To‘liq inventarizatsiyada korxona mulklarining barchasi inventarizatsiya qilinadi. Bunday inventarizatsiya 1 yilda bir bor o‘tkazilishi shart(yillik hisobot tuzilishidan oldin).


Qisman inventarizatsiya korxona mulklarining ma’lum bir qismigina inventarizatsiya ob’ekti bo‘lishi bilan xususiyatlidir.
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi korxona rahbarining buyrug‘iga ko‘ra tashkil qilingan ishchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi va unda albatta buxgalteriya xodimlaridan vakillar bo‘lishi shart.
Inventarizatsiyani o‘tkazish ishchi komissiyasi a’zolari moddiy javobgar shaxs ishtirokida ob’ektlarni ko‘radi va ularni natura ko‘rsatkichida inventarizatsiya yozuvida qayd etadi. Inventarizatsiyani komissiya a’zolari to‘la bo‘lmagan holatda o‘tkazish mumkin emas.
Inventarizatsiya natijasida ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlangan holda ham ro‘yxatga olinadi va ularni komissiya a’zolari ekspertiza yo‘li bilan baholaydi va haqiqiy texnik holatiga ko‘ra eskirish miqdori aniqlanadi va dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. Shu bilan birgalikda komissiya ushbu asosiy vosita qachon kimning farmoyishiga binoan ishlatilgani, ularning harajatlari hisobda qanday aks ettirilganligi borasida dalolatnomada ma’lumotlar keltiriladi.
Agar inventarizatsiya jarayonida asosiy vositalarning kam omadi yoki ortiqchaligi aniqlansa,komissiya mas’ul shaxslardan buning sabablarini tushuntirishni talab qilish zarur. Chunki bu ma’lumotlar inventarizatsiya va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini taqqoslash natijasida aniqlangan farqlarning sabablarini o‘rganishda muhim rol uynaydi.
Ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlanganda ular qoldiq qiymati bo‘yicha kirimga olinadi Dt 0100 Kt 9710 va eskirish miqdoriga Dt 9430 Kt 0200.
O‘ziga tegishli asosiy vositalarni inventarizatsiya qilish bilan bir vaqtda ijaraga olingan asosiy vositalar ham tekshiriladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalar ob’ektlari bo‘yicha inventarizatsiya ro‘yxati alohida har bir ijaraga beruvchi bo‘yicha alohida tuziladi. Unda umumiy ma’lumotlardan tashqari har bir ijaraga beruvchi va ijara muddati ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya ro‘yxatining bir nusxasi ijaraga beruvchiga jo‘natiladi.



Download 30.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling