Materiallar xaridi ustidan nazoratni tashkil etish


Materaillarni hisobga olishning saldo uslubi


Download 30.79 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2023
Hajmi30.79 Kb.
#1486160
1   2   3   4   5
Bog'liq
Materiallardan foydalanishni nazorat qilish

3.Materaillarni hisobga olishning saldo uslubi.
Materaillarni hisobga olishning saldo uslubi. 
Materiallarni hisobga olishning operativ-buxgalterlik (saldo) usulining moqiyati 
shundaki, xo’jalik yurituvchi sub’ekt omborida TMZlarni omborda M-12 shakli bo’yicha hisobga olish varaqalari, buxgalteriyada esa ombordagi TMZlar qoldigini hisobga olish bo’yicha M-14 shakldagi (saldo daftari) vedomost yuritiladi. Bu daftarda qoldiklar xar oyda faqat moddiy boyliklar qoldiklari aks ettirib boriladi, ular to’g’risidagi ma’lumotlarni ombor mudiri yoki buxgalteriya xizmati xodimi ombordagi hisob-kitob varaqalaridan o’tkazib turadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriyasida son-miqdorli hisob-kitob varaqalari va 
aylanish vedomostlari yurgizilmaydi. Saldo daftari xo’jalik yurituvchi sub’ekt 
buxgalteriyasida saqlanadi. Moddiy boyliklarning ombordagi va buxgalteriyadagi hisob-kitob ma’lumotlarini uzaro taqqoslash va uzaro boglab turish uchun buxgalteriyada 10-10-A yoki 5-shakldagi TMZlarning qiymat ifodasidagi harakati vedomosti yurgiziladi. (uncha katta bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda), bu vedomostda oy boshidagi saldo, oy davomida TMZlarning kelishi, ularning sarflanishi va oy oxiridagi saldo aks etadi. Bunday ko’rsatkichlar vedomostda birdaniga ikki bahoda: haqiqiy tannarxi bo’yicha va hisob-kitob baholarida yozib boriladi. hisob-kitob bahosi, hisob-kitobning saldo usulini qo’llanish uchun asosiy negiz hisoblanadi. Bu bahoni xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zi belgilaydi va nomeklatura baholar ro’yxatida qayd qilinadi. Agar 10-, 10-A yoki 5- shakldagi vedomostda (uncha katta bo’lmagan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun) ko’rsatilgan oyning boshi (oxiri) dagi moddiy resurslarining 1010- va 1210- schyotlar bo’yicha hisob-kitob baholariga saldo ombordagi TMZlar qoldig’ini hisobga olishning M-14 shaklidagi vedomostidagi ana shunday qoldiq bilan bir xil bo’lsa, unda bu TMZlar harakatini hisobga olishga doir dastlabki xo’jjatlarni belgilashda xatolar bo’lmaganidan, operatsiyalar haqidagi ma’lumotlarning ombordagi hisob-kitob varakalariga to’g’ri va to’liq joylashtirilganidan dalolat beradi. Materiallar harakati vedomostida 1010-"Materiallar"-schyoti bo’yicha oy boshidagi saldo, TMZlarning oy davomidagi (kirim va chikim bo’yicha) aylanishlari va TMZlarni haqiqiy tannarxi bo’yicha baholashdagi oy oxiridagi saldoning aks ettirilishi bosh daftarning 1010- schyotidagi shunga o’xshash kursatkichlar bilan bir xilda bulishi kerak. Moddiy boyliklarning analitik joriy hisob-kitobini haqiqiy tannarx bo’yicha baholashda yoki hisob-kitob baholari bo’yicha baholashda yurgizish mumkin. Materiallar nomlarining soni nisbatan uncha katta bo’lmagan kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda TMZlar nomlarining soni nisbatan uncha katta bo’lmagan kichik xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda TMZlarni ishlab chiqarish (foydalanish) extiyojlari uchun berishda ularni yaxshisi shu oydagi haqiqiy tannarx bo’yicha baholagan ma’kul. Agar aylanishda ko’p sonli nomdagi TMZlar mavjud bo’lsa, unda analitik hisob-kitobni xar bir nomdagi TMZning hisob-kitob narxlari bo’yicha baholashda yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Xulosa:
Boshqaruv hisobi axborot turlaridan biridir. U sub’ekt doirasidagi jarayon hisoblanib, sub’ektning xodimlar tomonidan rejalashtirish, o‘zini boshqarish va faoliyatini nazorat qilish uchun foydalaniladigan axborot bilan ta’minlaydi. Bu jarayon boshqaruv xodimlarining o‘z fuksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni topish, o‘lchash, yig‘ish, tahlil qilish, tayyorlash, tushuntirib berish, topshirish va qabul qilishlarni o‘z ichiga oladi. Uning asosiy vazifasi, xo‘jalik jarayonlari va muomalalarini uzluksiz kuzatish va ular to‘g‘risida tezkor ma’lumotlarni boshqaruv organlariga etkazib berishdan iborat.
Amaliy faoliyatda har qanday ishlab chiqarish korxonasi rahbari turli xil boshqaruv qarorlari qabul qilishi zarur bo‘ladi. Baholar, korxona xarajatlari mahsulot sotish hajmi va tuzilmasiga doir har bitta qaror pirovard oqibatda korxona moliyaviy natijasida namoyon bo‘ladi. Zararsizlik nuqtasini belgilash boshlang‘ich vaqtdan korxona daromadlari to‘la qoplashini aniqlash bu kategoriyalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlikni aniqlashning oddiy va aniq usuli hisoblanadi.


Download 30.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling