Materiallari


Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning xuquqlari


Download 1.61 Mb.
bet26/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

2.Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning xuquqlari

Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim quyidagi xuquqlarga ega:

1. Quyidagi xollarda unga taqdim qilingan xujjatlarni tekshirmasdan turib ijrochiga qaytarish:


  • o`zgartirishlar kiritilishiga asos bo`lgan xujjatlarning yo`qligi (o`zgartirishlar to`g`risidagi xabarnomani tekshirishda);

  • xujjatlarning mikrofil`mlashtirish uchun yaroqsizligi.

  1. Hujjatlarni ishlab chiquvchidan tekshirish paytida paydo bo`ladigan savollar bo`yicha tushuntirishlar va qo`shimcha ma`lumotlarni, shuningdek tekshiruv o`tkazish uchun zarur bo`lgan – ilgari ishlab chiqilgan va foydalanilgan xujjatlarni talab qilish.

  2. Hujjatga o`zgartirishlar kiritilganligini tekshirishda u bilan bog`liq bo`lgan boshqa xujjatlarga xam o`zgartirishlar kiritishni ishlab chiquvchidan talab qilish.

  3. Tekshirish jarayonida paydo bo`ladigan savollar bo`yicha tushuntirishlar olish uchun xujjatlarni ishlab chiquvchini chaqirib olish.

  1. Quyidagi xollarda taqdim qilingan xujjatni imzolamaslik:

  • me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodimning talablari bajarilmaganda;

  • korxonada tekshiriladigan texnik xujjatlarga yo`llanma beradigan me`yoriy-texnik xujjatlar bo`lmaganda;

  • “Nazoratchining xato va kamchiliklarni qayd qilish ro`yxati” ijrochi tomonidan qaytarilmaganda.

  1. Hujjatlarda standartlar, raxbarlik maqomidagi texnik xujjatlar va direktiv xujjatlar talablaridan chetlashishlar mavjud bo`lganda korxona bosh muxandisining chetlashishlar kartasi yoki o`zgartirishlar to`g`risidagi xabarnoma bilan rasmiylashtirilgan yozma ruxsatnomasini talab qilish.

  2. Texnik xujjatlar amaldagi standartlar, raxbarlik maqomidagi texnik xujjatlar va direktiv xujjatlar talablariga mos kelmagan taqdirda texnik xizmat xodimlaridan chizmalarga va boshqa texnik xujjatlarga o`zgartirishlar kiritishni talab qilish.

  3. Korxonalardan texnik xujjatlarni qabul qilib olish komissiyasining ishida ishtirok etish.

Me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim texnik xujjatlar va o`zgartirishlar to`g`risidagi xabarnomalarning mazmuni va shaklini tartibga soluvchi barcha ma`lumotlarga erkin erishish imkoniyatiga ega bo`lishi lozim.

Hujjatlarni ishlab chiquvchi va me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim o`rtasidagi kelishmovchiliklar standartlashtirish xizmatining raxbari tomonidan xujjatlarni ishlab chiqishni amalga oshiruvchi bo`linmalarning raxbarlari bilan birgalikda kelishilgan xolda xal qilinadi.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling