Materiallari
Texnik topshiriqni metrologik nazoratdan
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
2. Texnik topshiriqni metrologik nazoratdan
o`tkazishni tashkil qilish Texnik topshiriqning metrologik nazoratida: nazoratga taqdim qilingan xujjatlar jamlanmasining to`liqligi tekshiriladi; texnik topshiriqda nazoratdan o`tkazishda ko`rib chiqiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga olgan bo`limlarning: nomlanishi va qo`llanilish soxasi, ishlab chiqish manbalari, texnik talablar, ish davrlari va bosqichlari, shuningdek maxsulotning ilovalar ko`rinishidagi xarakteristikalari, mazkur texnik topshiriq bo`yicha maxsulotni ishlab chiqish munosabati bilan ishlab chiqilishi lozim bo`lgan o`lchash, nazorat qilish va sinovdan o`tkazish vositalari ro`yxatining borligi tekshiriladi; texnik talablar ifodalanishining to`liqligi va aniqligi baxolanadi, maxsulotning texnik topshiriqda ko`rsatilgan xar bir parametri uchun texnik talablar ifodalanishining muayyanligi (konkretligi) – ulardan kelib chiqqan xolda o`lchashlarning aniqligiga nisbatan qo`yiladigan talablarni asoslab berish mumkin bo`lgan boshqa talablarning borligi tekshiriladi; 4. maxsulot parametrlarini talab qilinadigan aniqlikda amalda bo`lgan yoki yangidan ishlab chiqilgan o`lchash vositalari bilan o`lchashning prinsipial imkoniyatlari baxolanadi; ishlab chiqilayotgan maxsulotni ekspluatasiya qilish sharoitlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning bo`lishi va to`liqligi tekshiriladi; metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi; maxsulotni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan o`tkazish va ekspluatasiya qilishning metrologik ta`minoti bo`yicha talablarning etarliligi baxolanadi. Quyidagilar metrologik ta`minot bo`yicha texnik topshiriqlarga kiritilishi zarur bo`lgan tipik talablar xisoblanadi: ■ ishlab chiqarish, sinovdan o`tkazish va ekspluatasiya qilishda o`lchashga tortiladigan parametrlar nomenklaturasining asoslanganligi; nazorat qilinadigan parametrlarni o`lchash aniqligi me`yorlarining asoslanganligi; ekspluatasiya qilish jarayonida maxsulotning texnik xolatini nazorat qilish tizimini yaratish variantlarini taxlil qilish va tanlash; maxsulotlarni nazorat qilish uchun zarur bo`ladigan, kiritiladigan yoki tashqi maxsus o`lchash vositalarini ishlab chiqish ; maxsus o`lchash vositalarini tekshiruvdvn o`tkazish uslubiyotini, zarur bo`lgan xollarda esa ularni tekshiruvdan o`tkazish vositalarini ishlab chiqish; maxsulot parametrlarini o`lchashlarni o`tkazish uslubiyotlarini ishlab chiqish va attestasiyadan o`tkazish. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling