Materiallari


Konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati


Download 1.61 Mb.
bet35/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

4. Konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati

Konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati nazorat qilinadigan parametrlarni tanlashning to`g`riligini, xujjatlarga kiritilgan aniqlik me`yorlari va nazorat uslublarining asoslanganligini tekshirishdan iborat.

Aniqlik me`yorlarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshiriladi:

■ yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining o`lchamlariga va yuzalarning g`adir-budurliklariga ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlarning o`zaro muvofiqligi;



  • belgilangan aniqlik me`yorlarining etarliligi, ya`ni maxsulot yoki detalning chiqish parametrlarini belgilovchi barcha elementlar uchun aniqlik me`yorlarining borligi;

  • aniqlik me`yorlarining maxsulotni tayyorlovchida mavjud bo`lgan o`lchash vositalariga mos keluvchi nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi.

Detallar chizmalarining metrologik nazoratida quyidagilar tekshiriladi:



  • texnologik va metrologik bazalarning konstruktorlik bazasidan chetlashishining ruxsat beriladigan yo`l qo`yilishlarining o`zaro muvofiqligi;

  • belgilangan aniqlik me`yorlarining etarliligi;

  • aniqlik me`yorlarining nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi.

Yig`ish chizmasining metrologik nazoratida maxsulotning nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi tekshiriladi.

Montaj chizmasining metrologik nazoratida quyidagilar tekshiriladi:


  • belgilangan aniqlik me`yorlarining etarliligi;

  • maxsulotning, buyumning montaj qilishda nazoratni o`tkazish uchun yaroqliligi.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling