10 –Ma`ruza
Loyixa-konstruktorlik xujjatlarni metrologik tekshiruvi
Reja:
1.Loyixa-konstruktorlik xujjatlarni metrologik nazorati.
2.Konstruktorlik xujjatlarning metrologik nazorati.
Loyixa-konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati
Loyixa-konstruktorlik xujjatlarining metrologik nazorati quyidagi xujjatlarni nazoratdan o`tkazishni o`z ichiga oladi:
Texnik taklif.
Quyidagilar maxsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni metrologik ta`minlash bo`yicha texnik taklif bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur bo`lgan) ishlar xisoblanadi:
texnik echimlarning mumkin bo`lgan xar bir varianti uchun maxsulot va uning tarkibiy qismlarining asosiy o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasini belgilash yoki aniqlashtirish;
o`lchashlarning zaruriy aniqligini ta`minlaydigan o`lchash vositalari va uslublarini oldindan tanlash;
ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta`minot bo`yicha bajariladigan ishlarning ro`yxatini belgilash;
texnik taklif xujjatlarini metrologik nazoratdan o`tkazish.
Texnik taklifning metrologik nazoratiga texnik topshiriq, texnik taklifning tushuntirish xati va mazkur bosqichda ishlab chiqilgan boshqa xujjatlar: chizmalar, sxemalar, xisob-kitoblar va xokazolar taqdim qilinishi lozim.
Tenik taklifni nazoratdan o`tkazishda quyidagilar tekshiriladi:
texnik topshiriqni nazoratdan o`tkazishda berilgan tanbexlar va takliflarning xisobga olinganligi;
texnik echimlarning mumkin bo`lgan variantlarini taqqoslashda metrologik jixatlarning xisobga olinganligi (nazorat qilishning qulayligi, uning ishonchliligi);
metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishining to`g`riligi;
ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta`minot bo`yicha bajariladigan ishlar ro`yxatining etarliligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |