Materiallari


Texnik shartlarni metrologik nazoratni o`tqazish tartibi


Download 1.61 Mb.
bet31/107
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#222511
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107
Bog'liq
Xujjatlar ekspertizasi

Texnik shartlarni metrologik nazoratni o`tqazish tartibi.

  • Sinovlardan o`tqazish o`slublarini metrologik nazorati.


    Adabiyotlar:

    1.Balabanov A.N. «Kontrol` texnicheskoy dokumentasii»

    2.Go`ST 2 111-68 ESKD Normokontrol`, Moskva Standart inform 2007.

    3.www.standart.uz


    Texnik shartlarning metrologik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

    1. metrologik nazoratga taqdim qilingan xujjatlar jamlanmasining to`liqligi tekshiriladi. Nazoratga texnik shartlar bilan birgalikda quyidagilar taqdim qilinishi lozim:

    • texnik topshiriq va texnik topshiriqni metrologik nazoratdan o`tkazish natijalarini aks ettiruvchi xujjat;

    • maxsulotning tuzilishi, tarkibi va xarakat prinsipini tushunib olish imkonini beruvchi xujjatlar, chizmalar, ekspluatasion xujjatlar va boshqalar;

    • maxsulotning metrologik ta`minoti bo`yicha qabul qilingan qarorlarni asoslashni o`z ichiga oladigan xujjatlar: loyixa topshirig`ini, texnik yoki qoralama (eskiz) loyixani asoslayligan xujjatlar, sinovlardan o`tkazish uslubiyotlarini attestasiyadan o`tkazish materiallari va boshqalar;

    2. metrologik nazoratda zarur bo`ladigan me`yoriy-texnik xujjatlar tanlanadi:

    • korxonada talablar va texnik shartlarni belgilovchi standartlar;

    • maxsulotga standartlar;

    • maxsulotni nazorat qilishda foydalaniladigan o`lchash vositalariga me`yoriy-texnik xujjatlar.




    1. texnik topshiriqni metrologik nazoratdan o`tkazishda berilgan tanbexlar va takliflarning xisobga olinganligi tekshiriladi;

    2. metrologik nazoratda ko`rib chiqiladigan ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi bo`limlar: kirish qismi, texnik talablar, xavfsizlik talablari, tabiatni muxofaza qilish talablari va xokazolarning borligi tekshiriladi.

    3. Kirish qismini ko`rib chiqishda maxsulot belgilanishi (mo`ljallanishi) ifodalanishining to`liqligi tekshiriladi.

    .o`lchash vositalariga texnik shartlarni nazorat qilishda kirish qismida vosita qanday funksiyalarni (vazifalarni) bajarish uchun mo`ljallanganligi ko`rsatiladi, uni o`lchash xatoligi o`lchash vositasining o`lchash xatoligi bo`lib xisoblanadigan kattalik aniq ko`rsatiladi va texnik shartlarda belgilab qo`yiladi.

    6. “Texnik talablar” bo`limini ko`rib chiqishda texnik shartlarning talablariga, mazkur maxsulot uchun qo`llaniladigan sttandartlarning talablariga, shuningdek texnik topshiriqning talablariga muvofiqlik tekshiriladi.

    .o`lchanadigan parametrlarning nomenklaturasi o`z mo`ljallanishiga mos kelishi nuqtai-nazaridan ko`rib chiqiladi, xususan:



    • o`lchanadigan parametrlar nomenklaturasini asoslashning borligi tekshiriladi;

    • ularning bajarilmasligi maxsulotning o`z mo`ljallanishiga muvofiq kelmasligiga olib kelishi mumkin bo`lgan etishmayotgan texnik talablar aniqlanadi;

    • ularni nazorat qilish shart bo`lmagan oshiqcha talablar aniqlanadi. Amalda maxsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmaydigan parametrlarga nisbatan qo`yiladigan talablar oshiqcha xisoblanadi;

    7. “Xavfsizlik talablari” bo`limini ko`rib chiqishda maxsulotni ekspluatasiya qilish paytida xavfsizlikni ta`minlash uchun etarli bo`lgan talablarning to`liqligi tekshiriladi;

    8. “Tabiatni muxofaza qilish” bo`limini ko`rib chiqishda bo`lim metrologik talablarni to`liq o`z ichiga olgan yoki olmaganligi tekshiriladi. Bo`limda maxsulotni ishlab chiqarish va sinovdvn o`tkazishda maxsulotning zararli ta`sir ko`rsatish ko`rsatkichlarining yo`l qo`yiladigan qiymatlari, tabiiy muxitga ta`sir ko`rsatuvchi zararli omillar va ifloslantiruvchi moddalar miqdorini o`lchash vositalari va uslublari ko`rsatiladi;

    9. “Qabul qilish qoidalari” bo`limini ko`rib chiqishda sinovlardan o`tkazish turlari va qabul qilish qoidalarini belgilab beruvchi standartlar talablarining bajarilishi tekshiriladi;

    10. “Sinovlardan o`tkazish uslublari” bo`limini ko`rib chiqishda xavfsizlik talablari va tabiatni muxofaza qilish talablarini xam o`z ichiga olgan xolda barcha texnik talablarga sinovlardan o`tkazish uslubiyotlavrining borligi tekshiriladi.

    .o`lchashlar aniqligining me`yorlari berilgan xolda o`lchashlarning tarkibiy qismlariga nisbatan qo`yiladigan talablarning etarliligini tekshirish sinovlardan o`tkazishning ishchi uslubiyotini metrologik nazoratdan o`tkazishning asosiy mazmuni bo`lib xisoblanadi.

    .o`lchashlarni bajarish vositalari va uslubiyotlari tanlanishining to`g`riligini taxlil qilish texnik shartlarni metrologik nazoratdan o`tkazishning yakunlovchi bosqichi xisoblanadi, u o`lchashlarni bajarish qoidalariga rioya qilinganda kafolatlanadigan texnik o`lchashlar xatoligining (rus. PTI) o`lchashlar aniqligining o`rnatilgan me`yorlariga mos kelishini tekshirishdan iborat bo`ladi. Bu maqsadga erishish uchun ishlab chiquvchi tomonidan bajarilgan o`lchashlar xujjatlarining to`g`riligi tekshiriladi, bunday xisob-kitoblar bo`lmagan taqdirda – bu xatoliklar bevosita metrologik nazorat jarayonida baxolanadi va topilgan texnik o`lchashlar xatoligi ularning yo`l qo`yiladigan qiymatlari bilan solishtiriladi.

    Texnik o`lchashlar xatoligining o`lchashlar aniqligining berilgan talablariga, sinovlardan o`tkazish aniqligining berilgan talablariga yoki sinovlardan o`tkazishda nazoratning ishonchliligiga nisbatan qo`yiladigan talablarga mos kelishini ta`minlaydigan o`lchash uslublari, vositalari, shart-sharoitlari, prosedurasiga nisbatan qo`yiladigan talablarning etarliligini tekshirish, xuddi sinovlardan o`tkazishning ishchi uslubiyotidagi kabi, sinovlvrdan o`tkazishning tiplashgan uslubiyotini metrologik nazoratdan o`tkazishning asosiy mazmuni xisoblanadi. Bunda texnik o`lchashlarning xatoligi o`lchashlar aniqligining me`yorlariga mos kelishi o`lchashlarni bajarishda o`lchashlavrni bajarish qoidalariga rioya qilingan xoldagina kafolatlanishi mumkin.

    11. Texnik shartlarning barcha bo`limlarini ko`rib chiqishda metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishi va belgilanishining to`g`riligi tekshiriladi.


    Download 1.61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   107




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling