O‘lchash vositalarini qiyoslash – O‘lchash vositalarining o‘rnatilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari (boshqa vakolatlangan idoralar, tashkilotlar) bajaradigan amallar majmui.
O‘lchash vositalarini kalibrlash – O‘lchash vositalarining metrologik tavsilotlarining haqiqiy qiymatlarini va qo‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash va tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.
Standart bu ko‘pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan, ma’lum sohalarda optimal tartiblashtirishga yo‘naltirilgan faoliyatning har xil turiga yoki natijalariga tegishli bo‘lgan umumiy va takror qo‘llaniladigan qonun qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |