Materiallari
Texnologik xujjatlarning me`yoriy nazorati
Download 1,61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
2.Texnologik xujjatlarning me`yoriy nazorati
Texnologik xujjat – bu grafik yoki matnli xujjat bo`lib, u o`zi aloxida tarzda yoki boshqa xujjatlar bilan birgalikda texnologik jarayonni yoki buyumni tayyorlash operasiyasini belgilaydi. Barcha mashinasozlik korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan va ishlab chiqarishda qo`llaniladigan texnologik xujjatlarning turlari, ularni ishlab chiqish, shakl berish, jamlash va ular bilan muomala qilish qoidalari va xolatlari ESTD standartlari bilan belgilab qo`yilgan. Texnologik xujjatlar belgilanishiga (qo`llanilishiga) bog`liq ravishda asosiy va yordamchi xujjatlarga bo`linadi. Asosiy xujjatlarga quyidagilar kiradi: - bitta yoki majmuaviy texnik-muxandislik, reja-iqtisod va tashkiliy masalalarni xal qilish uchun zarur bo`ladigan yig`ma ma`lumotlarni o`z ichiga olgan xujjatlar: -maxsulotni tayyorlash yoki ta`mirlashning texnologik jarayonini to`lig`icha va bir qiymatli tarzda belgilab beruvchi xujjatlar. Yordamchi xujjatlarga ishlab chiqishda va texnologik jarayonlar xamda operasiyalarning faoliyat yuritish jarayonida qabul qilingan xujjatlar, masalan, texnologik jixozlarni loyixalashtirishning buyurtma kartasi kiradi. Asosiy texnologik xujjatlar umumiy belgilanishdagi va maxsus belgilanishdagi xujjatlarga bo`linadi. Umumiy belgilanishdagi xujjatlarga texnologik jarayonlarga maxsulotni tayyorlash yoki ta`mirlashning texnologik uslublari qo`llanilishiga bog`liq bo`lmagan tarzda aloxida yoki xujjatlar jamlanmalarida qo`llaniladigan texnologik xujjatlar, masalan, qoralamalar (eskizlar) kartalari, texnologik yo`riqnomalar kiradi. Maxsus belgilanishdagi xujjatlarga texnologik jarayonlar va operasiyalarni ishlab chiqarishning tipi va turi xamda maxsulotni tayyorlash yoki ta`mirlashning texnologik uslublariga bog`liq ravishda tasvirlab beruvchi xujjatlar, masalan, marshrut kartasi, texnologik jarayon kartasi, operasion karta kiradi. Hujjatlar standartlarda belgilab berilgan talablarga muvofiq tarzda to`ldirilgan bo`lishi zarur Hujjatlardagi yozuvlvr aniq va qisqa xamda siqilgan ma`noga ega bo`lishi lozim. Masalan, eritish, quyish va issiq xolda shtamplash, sovuq xolda shtamplash, kavsharlash va qoplash, payvandlash, qirqish bilan ishlov berish, slesarlik va slesarlik-yig`ish ishlari olperasiyalarining (o`tishlarining) mazmunini ifodalash va ularni yozish qoidalari mos keluvchi standartlarda belgilab qo`yilgan. Yordamchi operasiyalar va texnologik operasiyalar yoki o`tishlarning mos keluvchi yozuvlari ularni bajarishning kelish tartibida mos keluvchi jadvallarga kiritiladi. Texnologik xujjatlarning me`yoriy nazorati xuddi konstruktarlik xujjatlarining me`yoriy nazorati kabi ishlab chiqiladi. Shuningdek qo`llaniladigan maxsus jixozlar va asboblarni mazkur korxonada qabul qilingan nomenklaturani xisobga olgan xolda standartlashtirilgan va bir xillashtirilgan jixozlar va asboblarga imkon qadar to`liq almashtirish imkoniyati tekshirib chiqiladi. Har bir texnologik xujjat uni tuzgan va tekshirgan shaxslar tomonidan imzolangan bo`lishi lozim.
Download 1,61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling