4 –Ma`ruza
Konstruktorlik, texnologik va texnik xujjatlarning me`yoriy nazorati.
Kalit so`zlar: texnikaviy xujjat,me`yoriy nazorat, yordamchi va texnologik operasiyalar, texnik xujjatlar.
Reja:
Konstruktorlik xujjatlarning meyoriy nazorati.
Texnologik xujjatlarning meyoriy nazorati.
Texnik xujjatlarning meyoriy nazorati.
Texnik xujjatlarni meyoriy nazoratdan o`tqazishning iqtisodiy samaradorligi.
Adabiyotlar:
Balabanov A.N. «Kontrol` texnicheskoy dokumentasii»
Go`ST 2 111-68 ESKD Normokontrol`, Moskva Standart inform 2007.
www.standart.uz
1.Konstruktorlik xujjatlarining me`yoriy nazorati
Konstruktorlik xujjatlarining me`yoriy nazoratida quyidagilavr tekshiriladi:
- berilgan maxsulotning konstruktorlar tomonidan qabul qilingan asosiy parametrlarining muvofiqligi;
-mos keluvchi standartlar talablariga, shuningdek ularning “Go`ST 6636-69” tanlangan sonlar qatorlariga muvofiqligi;
- detallarni, ularning elementlarini, yig`ish birliklarini, sotib olinadigan buyumlarni standartlashtirilgan, bir xillashtirilgan va tiplashtirilgan elementlar bilan almashtirish imkoniyati;
- yuzaning, rez`balarning, shlisali, shponkali, tishli va boshqa birikmalarning, material markalari va sortamentining, biriktirish elementlarining qabul qilingan aniqlik va g`adir-budurliklar darajasining, issiqlik bilan va issiqlik-kimyoviy ishlov berishning va boshqa xarakteristika ko`rsatkichlarining davlat standartlarida belgilab qo`yilgan talablarga muvofiqligi;
- kamyob materiallarni ko`proq keng tarqalgan va nisbatan arzon materiallar bilan almashtirish imkoniyati;
- chizmalar va boshqa konstruktorlik xujjatlariga shakl berishning yagona shakldaligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |