11–Ma`ruza
Texnologik xujjatlarning metrologik nazorati.
Kalit so`zlar: Texnologik xujjat, eskiz kartalari, marshrut kartasi, operasion karta, tipik operasiya, ekspluatasionn xujjat, jixozlar vedomosti.
Reja:
Texnologik xujjatlarni metrologik nazoratdan o`tqazishning maqsadlari va vazifalari.
Texnologik xujjatlarning turlari va ularning nazorati.
Adabiyotlar:
1.Balabanov A.N. «Kontrol` texnicheskoy dokumentasii»
2.Go`ST 2 111-68 ESKD Normokontrol`, Moskva Standart inform 2007.
3.www.standart.uz
1. Texnologik xujjatlarni metrologik nazoratdan o`tkazishning maqsadlari va vazifalari
Texnologik xujjatlarni nazoratdan o`tkazish ushbu xujjatlarda ko`rsatilgan aniqlik me`yorlarini, o`lchashlarning uslublarini, vositalarini, shart-sharoitlarini va proseduralarini standartlar, Davlat .o`lchashlar Tizimi va boshqa me`yoriy xujjatlarning talablariga mos ravishda o`rnatish maqsadida amalga oshiriladi.
Texnologik xujjatlarni metrologik nazoratdan o`tkazishning vazifalari quyidagilardan iborat:
o`lchanadigan parametrlarning optimal nomenklaturasini aniqlash;
o`lchashlar aniqligining texnologik jarayonlarning optimal rejimini ta`minlash talablariga mos keluvchi ko`rsatkichlarini o`rnatish;
o`lchashlarni o`tkazish vositalari va uslublari tanlanishining to`g`riligini baxolash;
o`lchashlarning berilgan aniqligini va zaruriy unumdorlikni ta`minlaydigan bir xillashtirilgan, avtomatlashtirilgan o`lchash vositalarini ko`proq qo`llash imkoniyatini aniqlash;
qo`llaniladigan o`lchash vositalarining minimal mexnat sarfi va berilgan aniqlikda operasiyaning minimal tannarxini ta`minlashini baxolash;
o`lchashlarni o`tkazishning standavrtlashtirilgan yoki attestasiyadan o`tkazilgan uslublarining ko`proq qo`llanilishini o`rnatish;
o`lchash, nazorat qilish va sinovdan o`tkazish natijalariga xisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlov berishning maqsadga muvofiqligini aniqlash;
fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining to`g`ri nomlanishi va belgilanishini o`rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |