3. Me`yoriy nazorat ob`ektlari
4. Me`yoriy nazoratning moxiyati va uzviyligi
Adabiyotlar:
Balabanov A.N. «Kontrol` texnicheskoy dokumentasii»
Go`ST 2 111-68 ESKD Normokontrol`, Moskva Standart inform 2007.
www.standart.uz
4 Yudin M.F., Selivanov M.N. i dr. «o`snovnie termini v oblasti metrologii» . slovar`-spravochnik 1989
1. Me`yoriy nazorat to`g`risida tushuncha
Me`yoriy nazorat loyixalashtirish bosqichida standartlar va texnik shartlarni joriy qilishning yo`llaridan biri, ya`ni loyixalashtirish va konstruksiyalashning, shuningdek korxonada standartlashtirish va bir xillashtirish (unifikasiyalash) bo`yicha amalga oshiriladigan ishlarning tarkibiy qismi xisoblanadi.
Me`yoriy nazorat faqatgina chizmalarni yaratish va shakl berish sifatining yaxshilanishiga ko`maklashib qolmasdan, mashina detallari va qasmlarini standartlashtirish, bir xillashtirish (unifikasiyalash) va seriyalashtirish darajasini, ularning o`zaro almashinuvchanligini oshiradi, ularning og`irligini va solishtirma material sarfini kamaytiradi, shuningdek materiallarning markalari va sortamentini qisqartiradi, bularning barchasi sifatning ortishiga, mexnat sarfining va mashinasozlik maxsulotlari tannarxining kamayishiga olib keladi.
“Me`yoriy nazorat” atamasi standartlarda belgilab qo`yilgan me`yorlar va talablarga amal qilishni, nazorat qilishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |