Materiallarning ombordagi hisobini tashkil qilish


Download 31.58 Kb.
bet2/3
Sana22.07.2023
Hajmi31.58 Kb.
#1661687
1   2   3
Kasallik varaqasiga asosan nafaqa hisoblash va to’lash tartibi qanday amalga oshiriladi?
Nafaqalar xodimning asosiy ish joyidan korxonaning Ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyasi yoki shu ish uchun vakil qilingan komissiya a’zosi tomonidan tayinlanadi. Komissiya tarkibi, a’zolari soni va raisi korxona rahbarining buyrug’i yoki boshqaruvining qarori bilan tsadiqlanadi. Komissiya mehnatda mayiblaganlarga, kasb kasalligiga chalinganlarga nafaqa tayinlash, nafaqa to’lashni rad etish, nafaqada (to’liq yoki qisman) mahrum etish va nafaqa olish huquqi yuzasidan kelib chiqqan nizolarni, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi va boshqa hujjatlarning asosli ravishda va to’g’ri berilganligini ko’rib chiqish huquqiga ega. Qolgan barcha hollarda nafaqalarni komissiyaning shu ishga vakil qilingan a’zosi tayinlaydi. Komissiyalar bo’lmagan korxonalarda nafaqalar, ish beruvchi tomonidan shu ishga buyruq bilan vakil qilingan shaxs tomonidan tayinlanadi. Yuridik shaxs bo’lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi shaxslar, dehqon xo’jaligi a’zolariga, shuningdek ayrim fuqarolarnikida
shartnoma asosida ishlayotganlarga nafaqalar ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanib byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan to’lanadi.
O’quvchi, talaba va aspirantlarga nafaqalar mazkur Nizomning 80 va 91bandlariga binoan o’qish joylarida tayinlanadi va to’lanadi. Qurolli kuchlar safidan ozod etilgandan keyin vaqtincha mehnatga
qobiliyatsiz bo’lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga nafaqa mazkur Nizomning 5bandiga tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanadi.
Xodimlar vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik muddati tugaganidan so’ng chiqishining birinchi kunidayoq korxonaga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etadilar. Mehnatga qobiliyatsizlik davom etayotgan hollarda, navbatdagi ish haqi berilishi vaqti kelganda topshirilishi mumkin.
Korxona vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining «Tabelchi tomonidan va kadrlar bo’limi tomonidan to’ldiriladi» degan bo’limlariga zarur
ma’lumotlar yoziladi va vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (bemor
haqidagi ma’lumotlar yozib, imzo qo’yiladi) ijtimoiy sug’urta komissiyasiga
topshiriladi. Mehnatda mayiblanish tufayli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik
boshlanganda nafaqa ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo’lganlik haqidagi (N-1-shaklda) dalolatnoma asosida tayinlanadi.
Agar baxtsiz hodisa boshqa sharoitlarda ro’y bersa (uyda, ishga borish yoki ishdan qaytishda, davlat yoki jamoatchilik burchini bajarayotgan paytda) nafaqa ro’y bergan baxtsizlik sabablari ish beruvchi tomonidan o’rganib chiqilgandan keyingina tayinlanadi.Quyidagi sharoitlarda yuz bergan (jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanish hollaridan tashqari) jarohatlanish mehnatda mayiblanish deb
hisoblanadi: - mehnat burchini bajarayotgan paytda (shu jumladan, xizmat safari
vaqtida), shuningdek, maxsus topshiriq bo’lmagan hollarda ham korxona manfaatini ko’zlab qilingan xatti-harakatlar paytida; - ish beruvchining trnasportida ishga borayotgan yoki ishdan
qaytayotganda; Komissiya hisob-kitobning, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining davolash muassasasi tomonidan to’ldirilishining to’g’riligini,
zarur hollarda boshqa hujjatlarni ham (baxtsiz hodisalar to’g’risidagi dalolatnomalar va boshqalar) tekshiradi va nafaqa tayinlash, belgilangan hollarda esa nafaqadan mahrum qilish bo’yicha qaror chiqaradi. Ikki nusxadagi to’lov ro’yxatlar ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi. To’lov ro’yxatining bir nusxasi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan buxgalteriyaga yuboriladi. Ular tekshiruvdan o’tkazilganda so’ng bosh (katta) buxgalter tomonidan imzolanib, hisoblash markazida uzil- kesil hisob-kitob va nafaqa summasini ish haqi to’lash ro’yxatiga kiritish
uchun qaytarib yuboriladi. Shundan so’ng to’lov ro’yxati vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan saqlash uchun buxgalteriyaga topshirladi. To’lov ro’yxatining ikkinchi nusxasi esa nafaqa tayinlash bayonnomasi sifatida ijtimoiy sug’urta bo’yicha komissiyada saqlanadi.
Nafaqani hisoblashda mazkur banda ko’rsatilgan qoidaga muvofiq vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining orqa tomoni to’ldirilmaydi. EHM yordamida faqat nafaqa miqdori hisoblab chiqiladigan
korxonalarda nafaqa belgilash va vaqtincha mehnatga layoqatsiz varaqlarini to’ldirish (Buxgalteriya tomonidan to’ldiriladi degan bo’limdan tashqari) mazkur Nizomning 98 va 101bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. «Buxgalteriya tomonidan to’ldiriladi» degan bo’limdagi maosh va uning
asosida chiqarilgan nafaqa miqdori haqidagi ma’lumot EHMda tayyorlanganda, EHMda hisob-kitob ishlari uchun ma’sul shaxsning va bosh
(katta) buxgalterning imzolari bo’lgan to’lov ro’yxatida keltiriladi. To’lov
ro’yxatlariga kasallik varaqalari ilova qilinadi. Nafaqalar mashina-hisoblash stantsiyalarida hisoblab chiqariladigan
korxonalarda nafaqalarni tayinlash va mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish xudi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Homiladorlik va tug’ish nafaqasi tug’ishdan oldin amalda foydalanilgan


kunlarning sonidan qat’i nazar, ta’tilning to’liq davri uchun bir yo’la to’lanadi. Bola tug’ilganda bir yo’la to’lanadigan nafaqani olish uchu nota yoki
ona komissiyaga Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) bo’limi tomonidan berilgan bolaning tug’ilganlik haqidagi ma’lumotnomasini topshirishi lozim. Berilgan hujjatlar asosida vakillik qiluvchi komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini belgilaydi va belgilangan miqdorda uni tayinlash
to’g’risida qaror chiqaradi va tayinlash bayonnomasiga yozadi. Shundan so’ng hujjatlar korxonaning hisob-kitob qilish bo’limiga topshiriladi. Bola tug’ilganligi haqida ma’lumotnoma yo’qotilgan taqdirda bir yo’la to’lanadigan nafaqa FHDYo bo’limlari tomonidan berilgan bola tug’ilganligi haqidagi takroriy ma’lumotnomaning hamda otaning ish joyidan ( o’qish joyidan) nafaqa olmaganligi haqidagi ma’lumotnoma topshirilganidan so’ng
beriladi. Xodimning vafoti tufayli uni Dafn etish marosimini o’tkazish nafaqasini
olish uchun ijtimoiy sug’urta komissiyasiga FHDYo bo’limi tomonidan berilgan vafot etganlik to’g’risidagi ma’lumotnoma topshiriladi. Oila a’zosi vafot etganda esa vafot etganligi haqidagi ma’lumonomadan tashqari uy- joydan foydalanish idorasi (binodan foydalanish direktsiyasi, mahalliy o’zini
o’zi boshqarish organlari) tomonidan vafot etgan shaxsning xodim bilan qarindoshlik aloqalari borligi va u xodimning qaramog’ida bo’lganligi to’g’risida ma’lumotnoma ham topshirilishi lozim. Topshirilgan hujjatlar asosida vakil qilingan komissiya a’zosi nafaqa olish huquqini, uning miqdorini belgilaydi va nafaqa tayinlash haqida qaror chiqaradi va nafaqa tayinlash bayonnomasiga yozib qo’yadi. Korxona tugatilganda, Nizomga muvofiq nafaqa olish huquqiga ega
tug’ish nafaqasi tugatilgan korxonaning huquqiy vorisi yoki tugatish komissiyasi tomonidan beriladi.
Tugatish komissiyasi ishni yakunlagan (yakuniy balans topshirilgan) hollarda, nafaqa ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan tayinlanib, to’lanadi. Bunda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik hamda homiladorlik va tug’ish nafaqasini tayinlash uchun qo’shimcha hujjatlar, ya’ni tugatish komissiyasi
tomonidan to’langan nafaqa (komissiya tomonidan yakuniy balans topshirilib barcha hisobraqamlar yopilganligi) to’g’risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.Banklarda hisob-kitob va valyuta schetlarini ochishtartibi qanday amalga oshiriladi?Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o'zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankicla hisob-kitob schyotini ochadi.fBankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlami taqdim etishlari kerak: Schyot ochish uchun ariza. Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlaming yagona davlat ro'yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiq­langan guvohnomaning ko‘chirmasi. Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma. Davlat ro‘yxatidan o'tganligi to‘g‘risidagi hujjat. Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot. Imzo namunalari va muhming izi tushirilgan kartochka. Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag'larining harakati, holati haqidagi ma’lumotlami umumlashtirib boradi. Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag'larining kelib tushishi, kreditida esa pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning ko'chirmasiga asosan amalga oshiriladi.Pulning tushumi va o'tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi; To‘lov topshiriqnomasi.
To'lov talabnomasi. Inkassa topshiriqnomalari.
Pul cheki. Pul badallari haqidagi e’lon. To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o'ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig'i hisob- lanadi.' Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi blankda topshiriq- noma taqdim etadi. Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi./-Tomonlaming kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin. Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi:bo‘nak to'lovi, ya’ni tovarlami yuklab jo'natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan oldin; tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovami to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li bilan; yirik bitimlarda qisman to'lovlar. To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo'natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi.
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati 0‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to'lovlami ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko'rsatuvchi bankka inkassa uchun to'lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi. To'lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o'rtasida yuklab jo'natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to'lovlar bo‘yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to‘lanadi. To'lovchi unga xizmat ko'rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so'ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega.Zarurat tug‘Uganda korxonaning so'roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to'lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: budjetga to‘lovlar bo'yicha boqimandalar, jarimalami undirishda va mablag‘lami hisobdan o'chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilaming farmoyishlari bo'yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo'yicha.^ Mablag'larni schyotlardan so'zsiz tartibda hisobdan o'chirish undiruvchilarning to'lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida amalga oshiriladi.Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko'rsatuvchi bank muassasasidan oladi. Mehnatga haq to'lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo'yicha nafaqalar, mukofotlar, xizmat safarlari va xo'jalik xarajatlari uchun naqd pullami bank cheki asosida korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi. x
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko'rsatilgan naqd pul summasini berish to'g'risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki sharikli ruchkada to'ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi, shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko'rsatiladi.
Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi rasmiylashtiriladi, Ushbu hujjat bir nusxada to'ldiriladi va unda to'lanadigan pulning hosil bo'lish manbayi ko'rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo'yicha pul mablag'larini hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o'taydi. Mamlakatizmi hududida va chet ellardagi bdnklarning valuta schyotlarida chet el valutasidagi pul mablag'larining harakati va naqdligi aktiv 5200-«Valuta schyoti»da hisobga olinadi.Наг bir korxona va firma xorij valutasida pul mablag‘lariga ega bo'lishi va muomalalami amalga oshirishi mumkin. Xorij valutasida muomalalarni amalga oshirish uchun korxona va firmalar tegishli vakolatga ega bo'lgan banklarda joriy valuta schyotlarini ochishlari lozim. Ushbu banklar esa valutadagi muomalalami amalga oshirish uchun O'zbekiston Respublikasining Markaziy Banki tomonidan beriladigan ruxsatnoma (litsenziya)ga ega bo'lishi kerak. Ushbu litsenziyaga ega bo'lgan banklaming ro'yxati Markaziy Bankning davriy bulletenida chop qilib boriladi. Valuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlami taqdim qiladi:valuta schyotini ochish to'g'risida belgilangan shakldagi ariza; ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi; korxona tuzilganligi yoki ro'yxatga olinganligi haqidagi qaroming notarial tartibda tasdiqlangan nusxasi; korxona ro'yxatga olingan joydagi soliq inspeksiyasi va pensiya fondida hisobga qo'yilganligi to'g'risida ma’lumotnoma; imzolar namunalari va muhr izi tushirilgan, notarial tartibda tasdiqlangan varaqcha (kartochka); Korxonaning valuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib tushadi: eksport tovarlariga haq to'lash uchun vakolatli banklar orqali chet eldan o'tkazilgan summalar; schyotlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lash uchun boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug'urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schotlaridan o'tkazilgan summalar; O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ruxsat etilgan boshqa manbalar. Valuta schyotidan mablag'lar uning egasi ko'rsatmasi bo'yicha quyidagi maqsadlarga foydalanishi mumkin: schyot egasining eksport-import muomalalari bo'yicha qabul qilingan bank shaklida chet elga o'tkazilishi; keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to'lash uchun chet elga o'tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari hisoblangan tashqi iqtisodiy tashkilotlaming schyotlariga o'tkazilishi; korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar haqini to'lash uchun boshqa sohiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sug'urta va boshqa tashkilotlar)ning valuta schyotlaridan o'tkazilishi; bankning vositachilik haqini to‘Iash maqsadida bankdan xorijiy valutada olingan kreditlar bo'yicha qarzni, pochta-telegraf, xizmat safari xarajatlarini to'lash, valuta bozorlarida sotish uchun foydalanilishi; qonun ruxsat etgan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin. Valuta schyoti ochilgandan keyin bank va shaxs o‘rtasida shartnoma tuzilib unda hisoblashish-kassa xizmatlari, bankning boshqa xizmat turlari, ta’riflar, xizmat ko‘rsatish haqi, mablag'larni joylashtirish shartlari, tomonlaming huquq va majburiyatlari va boshqalar ko‘rsatiladi. 5200-«Valuta schyotidagi pul mablag'larini hisobga oluvchi schyotlar» kredit ma’lumotlari 2/1-jumal orderda yozib boriladi va ushbu schyotning debet summalari 2/1-vedomost orqali nazorat qilib boriladi.Demak, 5200-«Valuta schyotining» debetida valuta mablag‘larining kirimi, kreditida esa sarflanishi aks ettiriladi. Buni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin:






t/r

Muomalalar mazmuni











Download 31.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling