Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usulida sinash
Download 333.16 Kb.
|
Materiallarning qattiqligini Brinell va Rokvell usulida sinash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-rasm. Lupa yordamida iz diametrini o’lchash sxemasi
- Namunalarni
1 - stanina; 2 - vint; 3 - apravka; 4 - chetlagich; 5 - namuna; 6 - stol; 7 - yurgizish knopkasi; 8 - chashka; 9 - vint; 10 - maxovik; 11 - osma richag; 12 - yuk -toshlar; 13 - richaglar sistemasi; 14 - rolik; 15 - shatun; 16 - kontakt; 17 - ulagich va uzgich; 18 - krivoship val; 19 - elektrodvigatel; 20 - chervyakli reduktorlar; 21 -shpindel; 22 - prujina; 23 - vtulka; 24 - vint; 25 - lampochka.
Agar diametri 1 mm li sharchada materialning qattiqligi aniqlanadigan bo’lsa, namunaning sirt yuzi jilolanishi kerak. Asbob tekis, bikr o’rnatilgan bo’lishi, tebranishlarga berilmasligi lozim. Sinashni uy haroratida olib boriladi. Sinashni o’tkazishgacha namunaga qo’yiladigan yuklama (R) ning sharcha diametri kvadratiga nisbat ko’rsatkichi (K) qiymatini 6-jadvaldan material xiliga va taxminiy qattiqligiga ko’ra belgilanadi. Keyin esa «K» qiymatga ko’ra2-jadvaldan sharcha diametri va qo’yiladigan yuklama qiymati aniqlanadi. 2-jadval 2-rasm. Sinalayotgan materialga sharchani botirish sxemasi. Brinell usuli toblanmagan metallarning, rangli metallar va ular asosidagi qotishmalarning qattiqligini aniqlashda qo`llaniladi. Qattiqlik aniqlanish kerak bo`lgan metallarning qalinligiga diametri 2,5; 5 va 10 mm li toblangan po`lat sharcha sinaluvchi namunaga 1,875; 2,5; 5,0; 7,5; 10 va 30 kN kuch bilan ma`lum vaqt (10, 30 va 60 sek.) davomida asta-sekin botiriladi, natijada sinalayotgan metall yuzasida po`lat sharchaning izi qoladi, izining diametriga qarab metall va metall qotishmasining qattiqligi aniqlanadi. 3.1-rasmda Brinell usuliga ko`ra metall qattiqligini aniqlash sxemasi keltirilgan. 3-jadval 4-jadval Sinashni o’tkazish tartibi: Sinaladigan namunani asbobning ish stoli 6 ga silji- maydigan qilib quyiladi. Tanlangan sharcha va zarur yuklamani beruvchi toshlar 12 ilgak 11 ga osiladi. Maxovik 10 ni soat mili tomon aylantirib namunani sharcha tomon to chexol 4 ga tiralguncha ko’taramiz. (Bunda sharcha markazi namuna chekkasidan kamida 2,5 N ga, izlar markazlar oraligi esa 4 N dan kichik bo’lmasligi lozim). 4.Tugmacha 7 bosiladi, bunda namunaga yuklama ko’yilishi bilan nazorat lampochkasi 25 yonadi. Namunani yuklama ostida tutish vaqti o’tishi bilanoq yuklama avtomatik olinadi. Bunda lampochka 25 o’chadi (qora metallarni sinashda namunani yuklama ostida 10—15 s, rangli metallarni sinashda esa 10—180 s, saqlanadi). Agar namunani yuklama ostida tutish vaqtiga asbobni rostlash zarur bo’lsa, staninasiga o’rnatilgan rostlash mexanizm kosachasi 8 ni tegishli shkala chizig’iga o’tkazib mahkamlanadi 5. Maxavichok 8 ni soat miliga teskari tomonga aylantirib, stolni past- ga tushirgach, undan namunani olib, stolga 1 qo’yib, lupa yordamida sharcha qoldirgan iz diametrini bir-biriga tik yo’nalishda o’lchab, o’rtacha qiymati olinadi (3-rasm). Bunda diametri 10 va 5 mm bo’lgan sharchalarning namunada qoldirgan izlari diametrini 0,05 mm aniqlikda, qolganlarni 0,01 mm aniqlikda o’lchanadi. Iz diametri (d) sharcha diametri (D) ga quyidagi qiymatlari oraligiga tushishi kerak aks holda namunaning boshqa joyini takror o’lchash lozim. Materiallarning Brinell bo’yicha qattiqligi quyidagi formula bilan ifodalanadi: b u yerda: P - sharchaga qo’yilgan yuklama N (kg.k); Fs - sharchaning namuna sirtida qoldirgan segment izining yuzi, mm2. 3-rasm. Lupa yordamida iz diametrini o’lchash sxemasi Geometriyadan ma’lumki, shar segment izining yuzi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda: π – aniq son bo’lib, u 3,14 ga teng; D - sharcha diametri, mm; h-sharchaning na’munaga botgan chuqurligi, mm. Materiallarning qattiqligini tezda aniqlashda yuqoridagi formula asosida tuzilgan jadvallardan foydalanish katta qulaylik beradi. 1-ilovada bu xil jadvallardan biri keltirilgan. Brinell bo’yicha qattiqlik, masalan, 85NV5(750)20 tarzida yoziladi. Bu yerda 85 - materialning Brinell bo’yicha qattiqligini (kg*k/mm2), 5-sharcha diametrini (mm), 750 (kg*k) yuklamani qiymatini va 20 namunaning yuklama ostida tutish vaqtini sekundning, hisobida bildiradi. Talabalar berilgan topshiriqqa ko’ra mustaqil ravishda olib borilgan sinov natijalarini 8 - jadvalga yozadilar. Shuni qayd etish ham lozimki, metallarning qattiqliklari bilan ularning cho’zilishga muvaqqat qarshiliklari orasida ma’lum bog’lanish bor: Masalan, yumshatilgan po’latlar uchun α koeffitsient 0,34- 0,36 oralig’ida bo’ladi. Namunalarni Brinell bo’yicha aniqlangan kattaliklari 5 jadval Materiallarning qattiqligini rokvell usulida sinash Metallarning qattiqligini Rokvell usuli bilan aniqlash, odatda, qattiqligi НВ450 dan ortiq bo’lgan, masalan, toblangan, sementitlangan, azotlangan po’lat detallarni yoki ulardan tayyorlangan namunalar qattiqligini aniqlashda foydalaniladi. Bunda namunani asbob stoliga silliqlangan sirti yuzasini yuqoriga qaratib qo’yilgach, unga uch radiusi 0,2 mm va burchagi 120° li olmos konus (u qadar qattiq bo’lmagan materiallar qattiqligini aniqlash zarur bo’lgan holda diametri 1,5875 mm li toblangan po’lat sharcha) ma’lum yuklama ostida botiriladi. Sinashda olmos konusni yoki sharchani namunaga asosiy yuklama (P1) ostida botirishda uchlikning botish chuqurligi (h) ga ko’ra qattiqligi aniqlanadi (10-rasm). Shuni aytish lozimki, sinaladigan materialning taxminiy qattiqligiga ko’ra uchlik turi va unga qo’yiladigan yuklama 9 - jadvalga ko’ra tanlanadi. Material qattiqligi indikatorning qaysi shkalasi bo’yicha aniqlanganligiga ko’ra uni quyidagicha ifodalanadi: Download 333.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling