Materialshunoslik indd
Birlamchi kristallanish jarayoni mexanizmi va qonuniyati
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6-rasm. Erkin energiyaning haroratga qarab o‘zgarishi.
- Ts muvazonat yoki nazariy kristallanish harorati
2.3. Birlamchi kristallanish jarayoni mexanizmi va qonuniyati
Jismlar to‘rtta agregat holatda bo‘lishi mumkin: qattiq, suyuq, gaz va plaz ma. Ikkinchi holat sharoitida yangi holat ko‘proq turg‘un (barqaror) bo‘lsa jism bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishi mumkin. Tashqi sharoit o‘zgarishi bilan erkin energiya murakkab qonuniyat bo‘yiga o‘zgaradi. Suyuq va qattiq holat erkin energiyalarning harorat ta’sirida o‘zgarishi 2.6rasmda ko‘rsatilgan. 2.6-rasm. Erkin energiyaning haroratga qarab o‘zgarishi. Termodinamikaning ikkinchi qonuniga binoan har qanday faza o‘zgarishi vaqtida sistemaning erkin energiyasi kamayadi, ya’ni siste- ma erkin energiyasi katta bo‘lgan beqaror holatdan erkin energiyasi kichik bo‘lgan barqaror holatga o‘tishga intiladi. Erkin energiya Ue harfi bilan belgilanadi: Suyuqlik Kristall T S Erkin ener giya F 27 S T Ui Ue ⋅ − = bu yerda, Ui – sistemaning ichki energiyasi; T – absolyut harorat; S – entropiya. Yuqoridagi grafikda suyuq va qattiq fazalar erkin energiyasining haroratga qarab o‘zgarish grafigi erkin energiya – harorat koordinata- larida ko‘rsatilgan. Bu diagrammada 1 egri chiziq suyuq faza erkin energiyasini o‘zgarishining, 2 chi ziq esa qattiq faza erkin energiya sining o‘zgarishini ko‘rsatadi. Ts haroratda suyuq va qattiq faza erkin energiyalari barobar (F suyuq faza=F qattiq faza) bo‘ladi. Shuning uchun Ts muvazonat yoki nazariy kristallanish harorati deyiladi. Ts dan yuqori haroratda suyuq fazaning erkin energiyasi (F sf ) kichik, qattiq fazaning erkin energiyasi F qf esa katta, ya’ni F sf ;. Ts dan past haroratda aksincha: F sf >F qf . Binobarin, Ts dan yuqori harorat- da modda suyuq holatda Ts dan past haroratda qattiq holatda bo‘ladi. Suyuq fazaning qattiq fazaga o‘tish jarayoni kristallanish markaz- lari hosil bo‘lishi va bu markazlarning o‘sishi yo‘li bilan boradi. Kristallanish markazlari soni qanchalik ko‘p va kristallarning o‘sish tezligi qanchalik katta bo‘lsa, suyuq faza qattiq fazaga shunchalik tez aylanadi. Metall bir agregat holatdan boshqa bir agregat holatga o‘tganda issiqdik ajralib chiqadi yoki yutiladi. Demak, bunday tizimni issiqlik hodisasi ro‘y beradi gan tizim deyish mumkin. Suyuq modda (jism) sovitilganda Ts haroratida kristallanish ja- rayoni sodir bo‘lmaydi, chunki bunda F sf = F qf bo‘ladi. Suyuq fazani kristallanaboshlashi uchun tizimning erkin energiyasi kamayishi ke rak, va aksincha, qattiq fazaning (kris tallning) suyuqlikga aylanishi uchun sistemaning erkin energiyasi ortishi kerak. Suyuq fazaning Ts dan past haroratdagi sovishi Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling