Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-rasm. Kristallik panjara sхemasi.
σ
c = σ / pg bu yerda, σ – material mustahkamligi (kg/mm 2 ), p – zichligi (g/sm 3 ) er kin tushish tezlanishi (g=9,8 kg/m 2 ). Solishtirma bikirlik quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: g E c ⋅ = ρ γ / Bu yerda, E – Yung moduli. Teхnologik talablar (materialning teхnologikligi) detallarni va konstruksiyalarni tayyorlashda zaruriy хossalarni ta’minlagan holda eng kam mehnat hajmini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Barcha metallar va qotishmalar qattiq holatda bo‘ladi, ya’ni ma’lum haroratgacha u qattiq holatda bo‘lib o‘z shakl va o‘lchamlarini saqlaydi. Bu haroratdan o‘tgach u yumshaydi va suyuq holatga o‘tadi. Kristallik jismlar zarrachalarining (atomlarining) fazoda tartibli joylashganligi bilan ifodalanadi. Kristallik panjara bu tasavvur qilina- digan fazoviy panjara bo‘lib, uning tugunlarida zarrachalar (atomlar, ionlar) joylashgan bo‘ladi (2.1-rasm). 2.1-rasm. Kristallik panjara sхemasi. Elementar yacheyka 21 Metall va qotishmalar kristall jismlar bo‘lib, ularda musbat ion- lar kristall panjaralar hosil qiladi. Amorf jismlarda (shisha, yog‘och, chinni) atomlar tartibsiz joylashgan bo‘lib, kristall panjara hosil qil- maydi. Elementar katakcha- eng kam atomlar sonli hajm elementi. Buni ko‘p marta taхlab fazoda bor kristalni ko‘rish mumkin. Metallar uchun asosan eng ko‘p tarqalgani 3 хil 4 : –Hajmi markazlashgan kub (HMK) panjara, bunday kristall panjarada 9ta atom bo‘lib, ularning 8tasi kub katakchaning burchak- lari uchida, bittasi kub markazida joylashadi. Bunday kristall panjara alfa-temir, xrom, vanadiy, volfram, molibden, litiy, tantal, qalay va boshqa metallar uchun xosdir. –Yoqlari markazlashgan kub (YOMK) panjara, bunday panjara- da 14 ta atom bo‘lib, ularning 8 tasi kub katakchasining burchaklari uchida, 6 tasi yon tomonlarning markazida yotadi. Bunday kristall panjara gammatemir, aluminiy, mis, nikel, kobalt, qo‘rg‘oshin, ku- mush, oltinda uchraydi (2.3rasm). – Geksagonal panjara, bunday kristall panjarada 17 ta atom bo‘lib, ularning 12 tasi 6 yoqli prizmaning burchaklari uchida, 2 tasi priz- maning ustki va ostki yoqlari markazlarida, 3 tasi prizmaning o‘rta qismida joylashadi(2.4rasm). Bunday kristall panjara magniy, ko- balt, titan, berilliy kabi elementlar uchun xosdir. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling