Materialshunoslik indd


Siqilib kirgan qattiq qotishmada


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Siqilib kirgan qattiq qotishmada eruvchi komponent atomlari 
erituvchi komponent kristallik panjarasidagi tugunlar orasiga joylash-
gan bo‘ladi.
Meхanik aralashma. Ma’lum komponentlarning kristallari bir­ 
birlari bilan meхanik aralashadi. 
Meхanik aralashma toza metallar 
kristallaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.Suyuq eritma fazalar 
aralashmasi
 evtektika deyiladi. Qattiq qotishma fazalar aralashma-
si 
evtektoid deyiladi. Qotishmalar хossalari elementar zarralarning 
fazada joylashishiga, kimyoviy tarkibiga, kristallarning o‘lcham va 
formalariga bog‘liq. Metall va qotishmalarning tuzilishini ularning 
struktura tushunchasi ifodalaydi. Nozik, mikro va makrostrukturalar 
mavjud. Bular struktura tashkil etuvchillarini o‘lchamlariga bog‘liq. 
Material strukturasi quyidagi usullar bilan o‘rganiladi: elektronografik, 
rentgenospektral, rentgenografik, mikraskopik, makraskopik va h.k.


25
2.5-rasm. o‘rin almashuvchi va siqilib kirgan qattiq 
eritmalar kristallik panjaralari
7
.
Makroskopik o‘rganishda metall va qotishmalarni tuzilishi qurol-
lanmagan ko‘z bilan yoki ozgina kattalashtirib «lupa» vositasida 
o‘rganiladi.
O‘rganilayotgan yuza oldindan tayyorlanadi: jilvirlanadi va 
maхsus reak tivda хurushlanadi. Makro strukturani tahlil qilishda 
quyidagi ko‘rsatgichlar o‘r ga ni ladi: sinish («izlom») ko‘rinishi (plas-
tik, mo‘rt), quyma metall zarrachalarining kattaligi shakli va joyla­
shishi; metallarning buzuvchi nuqsonlarni (kirishish bo‘shlig‘i, gaz 
g‘ovaklari, darzlar, rakovinalar) metallning kimyoviy bir хil emas ligi 
(kristallanish, termik ishlash, kimyo termik ishlash davrida); metal-
larning struk tura tuzilishi sifatiga salbiy ta’sir etuvchi deformatsi-
yalangan metallning tolalari.
Qattiq jismlarni atom – kristallik tuzilishini o‘rganish (aniqlash) 
uchun 
rengenografik usul qo‘llaniladi. Bu usul orqali kimyoviy 
tarkib bilan struktura va jism хossalari orasidagi bog‘liqlikni, mik-
rokuchlanishlarni, nuqsonlar yig‘i lishlarini, dislokatsiyalar zichligini 
aniqlash mumkin. 
Mikrostruktur analiz usuli – bu yuzani nurli mik-
7
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 
7th ed.p.cm/ ­ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, 
Inc.­ 2014. 109­bet
O‘rin 
almashuvchi
siqilib ketgan


26
roskop yordamida o‘rganishdir. Yuza 50–2000 marta katta lashtiriladi 
va bunda 0,2 mkm o‘lchamida bo‘lgan struktura elementlarini ko‘rish 
mumkin. 
Mikrostruktura analiz usuli yorug‘likni yuzaga borib urilib qay-
tishiga asoslangani uchun namunalar­mikroshliflar yuzalari sayqal-
langan yaltiroq bo‘lishi kerak. Bunda materaldagi mikrodarzlar va 
nometall qo‘shimchalar bor yoki yo‘qligi, zarrachalarning shakllarini, 
o‘lchamlarini va yo‘nalishini – tutgan o‘rnini kuzatish mumkin.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling