Materialshunoslik indd
Siqilib kirgan qattiq qotishmada
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meхanik aralashma
- 2.5-rasm. o‘rin almashuvchi va siqilib kirgan qattiq eritmalar kristallik panjaralari 7 .
Siqilib kirgan qattiq qotishmada eruvchi komponent atomlari
erituvchi komponent kristallik panjarasidagi tugunlar orasiga joylash- gan bo‘ladi. Meхanik aralashma. Ma’lum komponentlarning kristallari bir birlari bilan meхanik aralashadi. Meхanik aralashma toza metallar kristallaridan tashkil topgan bo‘lishi mumkin.Suyuq eritma fazalar aralashmasi evtektika deyiladi. Qattiq qotishma fazalar aralashma- si evtektoid deyiladi. Qotishmalar хossalari elementar zarralarning fazada joylashishiga, kimyoviy tarkibiga, kristallarning o‘lcham va formalariga bog‘liq. Metall va qotishmalarning tuzilishini ularning struktura tushunchasi ifodalaydi. Nozik, mikro va makrostrukturalar mavjud. Bular struktura tashkil etuvchillarini o‘lchamlariga bog‘liq. Material strukturasi quyidagi usullar bilan o‘rganiladi: elektronografik, rentgenospektral, rentgenografik, mikraskopik, makraskopik va h.k. 25 2.5-rasm. o‘rin almashuvchi va siqilib kirgan qattiq eritmalar kristallik panjaralari 7 . Makroskopik o‘rganishda metall va qotishmalarni tuzilishi qurol- lanmagan ko‘z bilan yoki ozgina kattalashtirib «lupa» vositasida o‘rganiladi. O‘rganilayotgan yuza oldindan tayyorlanadi: jilvirlanadi va maхsus reak tivda хurushlanadi. Makro strukturani tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatgichlar o‘r ga ni ladi: sinish («izlom») ko‘rinishi (plas- tik, mo‘rt), quyma metall zarrachalarining kattaligi shakli va joyla shishi; metallarning buzuvchi nuqsonlarni (kirishish bo‘shlig‘i, gaz g‘ovaklari, darzlar, rakovinalar) metallning kimyoviy bir хil emas ligi (kristallanish, termik ishlash, kimyo termik ishlash davrida); metal- larning struk tura tuzilishi sifatiga salbiy ta’sir etuvchi deformatsi- yalangan metallning tolalari. Qattiq jismlarni atom – kristallik tuzilishini o‘rganish (aniqlash) uchun rengenografik usul qo‘llaniladi. Bu usul orqali kimyoviy tarkib bilan struktura va jism хossalari orasidagi bog‘liqlikni, mik- rokuchlanishlarni, nuqsonlar yig‘i lishlarini, dislokatsiyalar zichligini aniqlash mumkin. Mikrostruktur analiz usuli – bu yuzani nurli mik- 7 Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc. 2014. 109bet O‘rin almashuvchi siqilib ketgan 26 roskop yordamida o‘rganishdir. Yuza 50–2000 marta katta lashtiriladi va bunda 0,2 mkm o‘lchamida bo‘lgan struktura elementlarini ko‘rish mumkin. Mikrostruktura analiz usuli yorug‘likni yuzaga borib urilib qay- tishiga asoslangani uchun namunalarmikroshliflar yuzalari sayqal- langan yaltiroq bo‘lishi kerak. Bunda materaldagi mikrodarzlar va nometall qo‘shimchalar bor yoki yo‘qligi, zarrachalarning shakllarini, o‘lchamlarini va yo‘nalishini – tutgan o‘rnini kuzatish mumkin. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling