Materialshunoslik indd


Kristallanish jarayoni mexanizmi va qonuniyati


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

2.2. Kristallanish jarayoni mexanizmi va qonuniyati
Metallar atomlarining tartibsiz harakatdagi suyuq holatdan atom-
lari tartibli joylashgan qattiq holatga o‘tish jarayoni kristallanish 
deyiladi.
Tizim – qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi jismlarning yig‘indisi. Tizim 
oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin. Oddiy tizim 2,3 komponentlardan 
iborat. Murakkab tizim bir necha komponentlardan iborat bo‘ladi.
Komponent – bu tizimning alohida tashkil etuvchisi.
Qotishmaning хossalari fazalarning holati va nisbati bilan aniqla-
nadi. Fazalar komponentlarining o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladi.


24
Faza – tizimning fizik va kimyoviy bir хil qismi. Fazalar qattiq, 
suyuq va gazsimon bo‘lishi mumkin.
Variantlilik (S) bu erkinlik darajasi soni, ya’ni ichki va tashqi (ha-
rorat, bosim, to‘plami­konsentratsiyasi) faktorlar soni. 
Agar variantlilik S=1 bo‘lsa (monovariantli tizim), fazalar sonini 
o‘zgartirmasdan ma’lum chegarada faktorlardan birini o‘zgartirish 
mumkin.
Agar variantlilik S=0 bo‘lsa (nonvariant tizim), tizimdagi fazalar 
sonini o‘zgartirmasdan tashqi faktorlarni o‘zgartirish mumkin emas.
Fazalar quyidagilar: komponentlar, kimyoviy birikmalar, qattiq va 
suyuq eritmalar hamda bug‘lar.
Qattiq qotishma – bu faza 2 va undan ortiq komponentlardan tuz-
ilgan sistema. 
Komponentlardan biri baza (matritsa) bo‘lib o‘z kristallik panjara-
sini saqlaydi va erituvchi hisoblanadi. Qolgan komponentlar erituvchi 
kristallik panjarasiga joylashadi. Bu komponentlarni eruvchi deb ata-
ladi. Qattiq eritma 2 хil bo‘ladi: siqilib kirgan qattiq eritma va o‘rin 
almashuv eritma.
O‘rin almashuvli qattiq qotishmalar. Bunda erituvchi kompo-
nent kris tallik panjarasidagi qisman atomlari o‘rnini eruvchi kompo-
nent atomlari egallaydi (2.5-rasm).

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling