Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

 dislo katsiya yuki deyiladi. Bu yuk siljish vek-
toriga paralleldir.
dislokatsiyalarning surilishi. Dislokatsiyalar ikki yo‘l bilan su-
rilishi mumkin; bulardan biri sirpanish yo‘li bilan surilish bo‘lsa, ik-
kinchisi diffuziya yo‘li bilan surilishdir.
dislokatsiyalarning diffuziya yo‘li bilan surilishi. Siljish vek-
toriga perpendikular bo‘lgan dislokatsiyalargina diffuziya yo‘li 
bilan suriladi. Dislokatsiyalarning bunday surilishi uchun kristall 
panjarada atomlarning va nuqtaviy nuqsonlarning anchagina siljishi 
kerak bo‘ladi. Dislokatsiyaning diffuziya yo‘li bilan surilish jarayoni 
ekstra tekislikning o‘sishi yoki qisqarishi hisobiga boradi. Masalan, 
atom lar panjara tugunlaridan ekstra tekislik chetiga (dislokatsiyaga) 
diffuziyalansa, shu atomlar o‘rnida vakansiyalar hosil bo‘ladi, bu-
ning natijasida esa ekstra tekislik o‘sadi va, aksincha, ekstra tekis-
lik chetiga vakansiyalar diffuziyalansa, ya’ni u yerdan atomlar ketsa, 
ekstra tekislik qisqaradi. Bu ikkala holda ham dislokatsiya suriladi. 
Oraliq atomlarning (nuqtaviy nuqsonlarning) dislokatsiyaga diffuzi-
yalanishi na tijasida ham dislokatsiya suriladi, bunda nuqtaviy nuq-
sonlar yo‘qoladi.
Nazorat savollari:
1.
Metallarga to‘liq ta’rif bering?
2. Moddalarning agregat holatini tushuntiring?
3. Metallar uchun eng ko‘p tarqalgan kristall panjara turlari qan­
day?
4. Ion bog‘lanishga ta’rif bering?
6. Kovalent bog‘lanish nima?
7. Dislokatsiya nima?
8. Metall quymalarning kristallanish jarayonida turli zonalar ho-
sil bo‘lishiga olib keluvchi sabablar nima?
9. Kristallanish jarayoni qonuniyatini o‘rganishning amaliy aha-
miyati nimada?


19
2-BOB. METALLAR STRUKTURASI VA xOSSALARI
2.1. Metallarni kristallik tuzilishi
Sanoatning rivojlanishida materialshunoslikning yutuqlari yuqori 
mustahkam, turg‘un, yengil metall va nometall materiallarni 

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling