Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Nuqtaviy nuqsonlar. O‘lchamlari uch yo‘nalishning ham-
masida ham kichik bo‘lgan nuqsonlar 
nuqtaviy nuqsonlar deyiladi. 
Bunday nuqsonlar jumlasiga vakansiyalar (1.4 (a) rasm), ya’ni kristall 
panjaraning bo‘sh joylari, oraliq atomlar­tugunlar oralig‘iga siljigan 
atomlar metall kristall panjarasi tugunlaridagi atomlar o‘rnini olishi 
ham, panjara tugunlari oralig‘iga kirib borishi ham mumkin (1.4 ­ (b) 
rasm).
a b 
1.4-rasm Nuqtaviy nuqsonlar (a-vakansiya, b-qattiq eritma 
strukturasi)
2
.
2
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 
7th ed.p.cm/ ­ Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, 
Inc.­ 2014, 107­bet


16
Uchala holda ham asosiy metallning kristall panjarasi o‘zining 
muntazam geo metrik tuzilishini o‘zgartiradi, ya’ni panjaradan nuq-
sonlar hosil bo‘ladi.
1. Kristall panjara tugunlarida atomni bo‘sh qolishi bu vakansi-
yadir. Vakansiya kristall tebranish amplitudasi kuchayishi natijasida 
hosil bo‘ladi.
2. 
Chiziqli nuqsonlar. O‘lchamlari faqat ikki yo‘nalishdagina 
kichik bo‘la digan nuqsonlar 
chiziqli nuqsonlar deyiladi. Chiziqli 
nuqsonlarning eng muhim turi dislokatsiyalardir. Vakansiyalarning 
va boshqa nuqtaviy nuqsonlarning zanjirlari ham chiziqli nuqsonlar 
jumlasiga kiradi. 
3. 
Sirt (tekislik) nuqsonlar. O‘lchamlari faqat bir yo‘nalishdagina 
kichik bo‘l gan nuqsonlar 
sirt nuqsonlar deyiladi. Sirt nuqsonlar jum-
lasiga bloklar orasidagi va donalar orasidagi chegaralar yoki ta’sir 
chegaralar, qattiq fazalar orasidagi che ga ra sirtlar va boshqalar kiradi. 
dislokatsiyalar. Dislokatsiyalar nazariyasi hozirgi zamon metall 
shunosligining fizikaviy asoslaridan biridir. Bu nazariya metallarning 
strukturasida sodir bo‘ ladigan eng muhim bir qator jarayonlar mexa-
nizmi sabablarini izohlab berishga im koniyat yaratiladi.
Dislokatsiyalar suyuqlantirilgan metallarning kristallanish jara-
yonida, metallarning plastik deformatsiyalanishida, metallarga termik 
va boshqa tur ishlovlar berishda hosil bo‘ladi.
Dislokatsiyaning o‘zi nima? Bu savolga quyidagi ta’rifdan javob 
olamiz.
Metallning atomlar siljigan (sirpangan) sohasi bilan atomlar 
siljimagan sohasi orasidagi chegara 
dislokatsiya deb ataladi.
Dislokatsiyalar, asosan, chiziqli (to‘g‘rili) va vintsimon dislokatsi-
yalarga bo‘ linadi. Dislokatsiyalarning ana shu turlarini ko‘rib chiqamiz.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling