Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

T
amaliy
T, 
o
C
T
Vaqt
1
2


29
Birinchi nuqtagacha metall suyuq holda soviydi, sovish jarayoni 
haroratni tekkis pasayishi bilan kuzatiladi. 1–2 uchastkada kristalla­
nish jarayoni boradi, issiqlik ajralib chiqadi. Bu issiqlikni 
kristalla-
nishning yashirin issiqligi deb ataladi. Bu issiqlik tashqi muhitga tar-
qaladi. Shuning uchun harorat o‘zgarmay doimiy turadi. Kristallanish 
to‘la tugaganidan so‘ng (ikkinchi nuqta), metall endi qattiq holatda 
soviydi. Ma’lum haroratgacha sovitilganda suyuq metalda kristall­
chalar (mayda zarrachalar) hosil bo‘la boshlaydi – bular 
kristalla-
nish markazla ri dir. Bularning o‘sishi uchun metallni erkin energi-
yasi kamayishi kerak; aks holda tugunlar erib ketadi. 
Kristallanish jarayoni ikki bosqichdan iborat: 1 – kristallanish 
markazlarining hosil bo‘lishi; 2 – kristallarning o‘sishi (yuqorida ho-
sil bo‘lgan markazlar atrofida). Shuni ta’kidlash lozimki bu davrda 
yangi markazlar paydo bo‘la boshlaydi. Kris tallanish meхanizmi 
modeli quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
2.8-rasm. Kristallanish jarayoni modeli.
Hosil bo‘lgan kristallanish markazlari yoqlaridan kristallar o‘sa 
boshlay di. Kristallanish markazlari hosil bo‘lishida suyuq metalldagi 
begona zarrachalar ham kat ta rol o‘ynaydi.
Dastlabki paytlarda kristallar o‘z geometrik shakllarini saqlagan 
holda be ma lol o‘sadi. O‘sayotgan kristallar bir­birlari bilan uchrash-


30
gan joyda o‘sishdan to‘х taydi va to‘siqlar yo‘q tomonga qarab o‘sa 
boshlaydi. Geometrik shakl buzi la di. Bunday kristall donalar 
kristal-
litlar deyiladi.
Qotishmalarda hosil bo‘ladigan donalarning o‘lchamlari kristal-
lanish markaz lari soni (MS) bilan kristallanish tezligiga (KT) bog‘liq 
bo‘ladi. 2.9-rasmda kristallanish o‘sish tezligi va markazlar sonlari-
ning o‘ta sovish darajasiga bog‘liq ligi ko‘rsatilgan.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling