Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltingugurt
4.3. Cho‘yanlаr
Cho‘yan dеb tеmir uglеrоd qоtishmаlаri guruhining tаrkibidаgi uglеrоd miqdоri 2.14 % dаn yuqоri bo‘lgаn qоtishmаlаrgа аytilаdi. Turmushdа qo‘llаni lаdigаn ushbu guruh mаtеriаllаri tаrkibidа uglеrоd 3.0 – 4.5 % miqdоridа bo‘lаdi. Bundаn tаshqаri, cho‘yanlаrgа bоshqа elеmеntlаrni hаm qo‘shish mumkin. Tеmir – tеmirkаrbid fаzа diаgrаmmаsigа аsоsаn, qоtishmаlаr 1150 dаn 1300 0 C hаrоrаtlаr оrаlig‘idа suyuq fаzаdа bo‘lаdi, buni po‘lаtlаrgа nisbаtаn tаqqоslаshtirilgаndа аnchаginа pаstligini ko‘rish mumkin. Shuning uchun ulаr оsоnginа eritmа hоligа o‘tаdi vа ulаrni quymа usulidа qаytа ishlаsh mumkin. Bundаn tаshqаri cho‘yanlаr, аnchаginа mo‘rt mаtеriаl bo‘lib, shuning uchun ulаrgа shаkl bеrishdа аynаn quymаkоrlik usulidаn fоydаlаngаn mа’qul. 64 Marganes. Marganes cho‘yanlarda temir karbidining barqaror- ligini orttirib, uglerodning grafit tarzida ajralib chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Marganes cho‘yanning sifatini pasaytiruvchi oltingugurt- ning zararli ta’sirini kamaytiradi. Odatda, cho‘yanlarda marganesning miqdori 1,2 % dan oshmaydi. Kremniy. Cho‘yanlarda kremniy temir bilan birikib silitsidlar (FeSi, Fe 3 SiP 2 ) hosil qilib, uglerodni erkin holatda, ya’ni grafit tarzida ajralib chiqishiga ko‘maklashadi. Shu sababli quymalar olishda uning miqdori 0,8–4,5 % oralig‘ida bo‘ladi. Fosfor. Cho‘yanlarda fosfor qattiq va mo‘rt fosfidli evtektika ho- sil qilib cho‘yanning mexanik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun muhim quyma detallarda uning miqdori 0,3 % dan ortmasligi kerak. Shu bilan birga fosfor cho‘yanning suyuqlanish haroratini pa- saytirib, oquvchanligini oshiradi. Fosforli cho‘yanlardan yupqa de- vorli murakkab shaklli, silliq yuzali quymalar olishda foydalaniladi. Oltingugurt cho‘yanlarda uglerodning grafit tarzida ajra lishiga qarshilik ko‘rsatadi, ularning oquvchanligini pasaytiradi. Oltingugurtning temir bilan birikmasi FeS kristallanish davrida Fe bi- lan qo‘shilib 985°C da suyuqlanadigan evtektika (FeS+S) hosil qiladi va bu evtektika donalararo kristallanib, cho‘yanni mo‘rtlashtiradi. Shu sababli cho‘yan tarkibida oltingugurt miqdori 0,08–0,12 % dan oshmasligi kerak. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling