Materialshunoslik indd
mentlar deyiladi. Legirlovchi elementlar qo‘shilgan po‘latlar legirlangan po‘latlar
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Legirlangan po‘latlar
mentlar deyiladi.
Legirlovchi elementlar qo‘shilgan po‘latlar legirlangan po‘latlar deyiladi. Legirlovchi elementlar po‘latga atayin kiritilib, uning хossalariga va qurilishiga ta’sir qiladi. Shunaqa elementlar kiritilgan po‘latlar legirlangan po‘latlar deyiladi. Po‘latni o‘zida kremniy va marganes bo‘ladi, lekin kremniy miqdori 0,4% dan oshsa, marganes 0,8% dan oshsa bunday po‘latlar ham legirlangan hisoblanadi. Ba’zi legirlovchi elementlarning miqdori juda kam bo‘lishi mum- kin: Nb, Ti miqdori 0,1% dan oshmaydi; V ham 0,005% dan osh- maydi. Legirlangan po‘latlar teхnika taraqqiyoti talablari natijasida pay- do bo‘lgan. Legirlash meхanik хossalarni (mustahkamlik, plastik- lik, qovushqoqlik), fizik хosssalarni (elektr o‘tkazuvchanlik, mag- nit хarakteristikalari, radiatsiyaga chidamliligi), kimyoviy хossalari (zanglamaslik) yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi. 77 Legirlangan po‘latlar uglerodli po‘latlarga nisbatan qimmat bo‘ladi. Shuning uchun ularni yana termik ishlab qo‘llash maqsadga muvofiq. Asosiy legirlovchi elementlarga Cr; Ni; Mn; Si; W; Mo; V; Al; Ti; Cu; B; lar kiradi. Ko‘pincha bitta emas, bir nechta elementlar: Cr va Ni ; Cr va Mn; Cr; Ni; Mo va V bilan legirlanadi. Legirlangan po‘latlarda legirlovchi elementlar quyidagi holat- larda bo‘lishi mumkin: – erkin holatda (mis bilan qo‘rg‘oshin po‘latda erimaydi va metall qo‘shilmalar tarzida erkin holatda bo‘ladi); – karbidlar holida (uglerodga yaqin bo‘lgan ko‘pgina element- lar sementda eriydi yoki mustaqil karbidlar hosil qiladi); – temir bilan yoki bir-biri bilan hosil qilgan intermetall birik- malar holida (ko‘pgina legirlovchi elementlar muayyan konsen- tratsiyalarida inter material birikmalar hosil qiladi, shu sababli, ular ko‘pincha yuqori legirlangan po‘latlarda uchraydi); – oksidlar va sulfidlar holida (po‘latni oksidsizlantirish uchun qo‘shiladigan barcha elementlar oksidlarni yuzaga keltiradi, temirga qaraganda oltingugurtga ko‘proq yaqin bo‘lgan elementlar esa sulfid- lar hosil qiladi); – temirdagi eritma holida (davriy tizimda temirdan chapda joylashgan elementlar temirda erishi ham, karbidlar hosil qilishi ham mumkin, temirdan o‘ngda joylashgan elementlar esa ular bilan faqat qattiq eritmalar hosil qiladi). Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling