Materialshunoslik indd
operatsiyalari bajariladi. 5.2 Bo‘shatish va normallash
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
operatsiyalari bajariladi.
5.2 Bo‘shatish va normallash Yumshatishdan maqsad muvozanatda bo‘lmagan strukturani mu- vozanat holatga keltirishdir. Odatda, yumshatish deganda buyumni ma’lum haroratgacha qizdirib, pech bilan birgalikda sovitishga ay- tiladi. Yumshatishning quyidagi turlari mavjud: rekristallash; chala yum- shatish; to‘la yumshatish. • Rekristallash uchun buyum 650–700°C gacha qizdirilib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunda ferrit qayta kristallanadi va sementit bir oz o‘sadi. Materialning plastikligi ortadi. • Chala yumshatish uchun buyum yuqori haroratgacha qiz- diriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunday termik ishlovdan maqsad plastina ko‘rinishidagi perlitni yumaloq shaklga keltirishdan iborat. Uning qattiqligi plas tinasimon perlitdan bir oz past bo‘lsada, plastikligi yuqoridir. • To‘la yumshatish deb, donachalarini nisbatan maydalash va qoldiq ichki zo‘riqishlarini kamaytirish maqsadida po‘latlarni qiz- dirib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitishga aytiladi. Yuqori haroratda ushlab turish vaqti buyum materialida faza o‘zgarishlari yuz berishi uchun yetarli bo‘lishi ke rak. Natijada hosil bo‘lgan mayda donali austenit sovishi hisobiga perlit donachalari ham maydalashadi. 71 Sovitish vaqtini kamaytirish maqsadida austenit eng kam barqa- rorlikka ega bo‘lgan haroratda to‘la parchalanguncha ushlab turiladi. Austenit perlitga to‘liq parchalangandan so‘ng astasekin sovitiladi. Bunday termik ishlov berish izotermik yumshatish deyiladi. Bunga to‘la yumshatishga qaraganda 2–3 marta kam vaqt ketadi. Normallash. Normallashdan maqsad buyumni keyingi termik ishlov berish uchun tayyorlashdan, o‘rtacha uglerodli po‘latlarning esa strukturasini yaxshilashdan iborat. Normallash to‘la yumshatish- dan sovitish tezligi bilan farq qiladi. Normallash deb, po‘latlarni qiz- dirib, ma’lum vaqt ushlab turilgandan so‘ng havoda sovitishga aytila- di. Buyumni havoda sovitish tezligi pech bilan birga sovitishga qara- ganda kattaroq bo‘lganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni past roq haroratda boradi. Natijada to‘la yumshatishga qaraganda buyum strukturasi maydaroq bo‘ladi. Shu sababli, buyumning mustahkamligi va qattiqligi 15–20% yuqori bo‘ladi. Normallash po‘latni termik ish- lashning tayyorlov bosqichi yoki o‘rtacha uglerodli po‘latlar uchun oxirgi bosqich sifatida qo‘llaniladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling