Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

bo‘shatilgan martensit deyiladi. Toblash 
natijasida hosil bo‘lgan qattiqlik deyarli o‘zgarmaydi. Mustahkamlik 
va qovushoqlik sezilarli darajada ortadi. Toblangan po‘latdagi ichki 
kuchlanishlar kamayadi. Ko‘pincha kam legirlangan, yuzasi toblan-
gan va kimyoviy­termik ishlangan po‘latlar ana shunday bo‘shatiladi;
5.1-rasm. Toblash usullarini tushuntiruvchi chizma.
• o‘rtacha haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 350–
450°C haroratda qizdiriladi, ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin 
havoda sovitiladi. Hosil bo‘l gan struktura 
bo‘shatilgan trostit deyi-
ladi. O‘rtacha haroratda bo‘sha tish ko‘p hollarda prujina, ressor, 
shtamp kabi buyumlarni termik ishlash uchun qo‘llaniladi. Toblangan 
buyumning qattiqligi 35 HRC gacha kamaya di va plastik xossalari 
ortadi.


75
• yuqori haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 550–650°C 
ha ro rat gacha qizdirilib, ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin havoda 
sovitiladi. Hosil bo‘lgan struktura 
bo‘shatilgan sorbit deyila-
di. Bunday termik ishlov, legirlangan uglerodli po‘latlar uchun 
qo‘llaniladi. 
Sinov savollari:
1.
Termik ishlashning turlari va maqsadi? 
2. Perlitni austenitga aylanish vaqti nimaga bog‘liq bo‘ladi?
3. Martensit struktura qanday xossali bo‘ladi? 
4. Normallashtirish deganda nimani tushunasiz? 
5. Yumshatish orqali nimalarga erishiladi?
7. Normallashgan po‘lat strukturasi haqida tushuncha bering?


76
6-BOB MATERIALLAR TURI QO‘LLANILISH 
SOHALARI
6.1. Legirlangan po‘latlarga legirlovchi
 elementlarning ta’siri
“Temir-uglerod” qotishmasiga, uning xususiyatlarini yaxshilash 
maqsadida maxsus elementlar qo‘shiladi, ular “legirlovchi element” 
deyiladi. Shunday elementi bor qotishmalar esa, “legirlangan” deyi-
ladi.
Legirlovchi elementlar po‘latlarda erkin holatda, temir bilan yoki 
o‘zaro kimyoviy birikma shaklida, oksidlar, sulfidlar va boshqa 
nometall qo‘shilmalar ko‘rinishida, karbid fazasida, shuningdek, 
temirdagi qattiq eritmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ular ko‘pincha, 
“temir-uglerod” qotishmalarining asosiy fazalarida (ferrit, austenit
sementit) eriydi yoki maxsus karbidlar hosil qiladi.
Tuzilishi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida po‘latga ma’lum 
konsentratsiyalarda maxsus qo‘shiladigan elementlar legirlovchi ele-

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling