75
• yuqori haroratda bo‘shatish. Buning uchun buyum 550–650°C
ha ro rat gacha qizdirilib, ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin havoda
sovitiladi. Hosil bo‘lgan struktura
bo‘shatilgan sorbit deyila-
di.
Bunday termik ishlov, legirlangan uglerodli po‘latlar uchun
qo‘llaniladi.
Sinov savollari:
1.
Termik ishlashning turlari va maqsadi?
2. Perlitni austenitga aylanish vaqti nimaga bog‘liq bo‘ladi?
3. Martensit struktura qanday xossali bo‘ladi?
4. Normallashtirish deganda nimani tushunasiz?
5. Yumshatish orqali nimalarga erishiladi?
7. Normallashgan po‘lat strukturasi haqida tushuncha bering?
76
6-BOB MATERIALLAR TURI QO‘LLANILISH
SOHALARI
6.1. Legirlangan po‘latlarga legirlovchi
elementlarning ta’siri
“Temir-uglerod” qotishmasiga, uning xususiyatlarini yaxshilash
maqsadida maxsus elementlar qo‘shiladi, ular “
legirlovchi element”
deyiladi. Shunday elementi bor qotishmalar esa, “
legirlangan” deyi-
ladi.
Legirlovchi elementlar po‘latlarda erkin holatda, temir bilan yoki
o‘zaro
kimyoviy birikma shaklida, oksidlar,
sulfidlar va boshqa
nometall qo‘shilmalar ko‘rinishida, karbid fazasida, shuningdek,
temirdagi qattiq eritmalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ular ko‘pincha,
“temir-uglerod” qotishmalarining asosiy fazalarida (ferrit,
austenit,
sementit) eriydi yoki maxsus karbidlar hosil qiladi.
Tuzilishi va xossalarini o‘zgartirish maqsadida po‘latga ma’lum
konsentratsiyalarda maxsus qo‘shiladigan elementlar
legirlovchi ele-
Do'stlaringiz bilan baham: