Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Termik ishlash deb, metall qotishmalarida kerakli xossalarni 
olish maqsadida ularni qizdirish, ushlab turish va sovitish operatsiya-
lar yig‘indisiga aytiladi.
Termik ishlash oxirgi yoki oraliq operatsiya bo‘lishi mumkin. 
Termik ishlash natijasida struktura o‘zgarib, muvozanat va nomuvo-
zanat holatda bo‘lishi mumkin.
Muvozanat holat qotishmadagi barcha jarayonlar to‘la tugallan-
gandan so‘ng amalga oshadi. Nomuvozanat holat bunga qarshi sha-
roitda vujudga keganda bo‘la di.
Kimyoviy-termik ishlov deganda, kimyoviy aktiv muhitda 
metall buyumga termik ishlov berish tushuniladi, sirt qatlamlarning 
kimyoviy tarkibi, strukturasi va xususiyatlarini o‘zgartirish uchun 
bajariladi. Shuningdek, qattiqlikni, yeyilishga bardoshlilikni, xizmat 
muddatini, kontaktga chidamlilikni, oksidlanish va elektro kimyoviy 
korroziyaga bardoshlilikni oshiradi.
Keyingi yillarda kimyoviy­termik ishlovning an’anaviy chega-
ralari ken gaydi. Bunga, yuzaga qo‘yiladigan energiya zichligi yoki 
modifikatsiyalovchi ele ment oqimi zichligi keskin ortishi hiso-
biga, termik va kimyoviy omillar ta’siri ku chay gani sabab bo‘ldi. 
Qo‘llanadigan yangi usullar ion dastalari, lazerli va elektron nurlanti-
rishdan foydalanishga asoslanadi.
Po‘latlarga kimyoviy-termik ishlovlarning imkoniyatlari termik 
yoki mexanik ishlovlar (sirtni toblash, sirtni plastik deformatsiyalash 
va b.)nikidan ko‘p hollarda keng, chunki bunda sirtning strukturasi 
o‘zgarishidan tashqari, kimyoviy tarkibi ham o‘zgaradi. Ba’zan, dif-
fuziya mexanizmi orqali sirt qatlamning kimyo viy tarkibini modi-
fikatsiyalash mumkin. Bunday ishlov turida pirovard natijani bel-
gilaydigan asosiy omillar harorat, buyum yuzasida aktiv kimyoviy 
komponent konsentratsiyasi va uning buyum bilan o‘zaro ta’sir 
davomiyligidan iborat. Kimyoviy­termik ishlovning eng ko‘p tarqal­


70
gan usuli – po‘latni azot va vodorod bilan diffuziyali to‘yintirish. 
Bundan tashqari, po‘lat buyum sirtini kremniy, bo‘r, xrom, aluminiy, 
rux bilan ham to‘yintiriladi.
Termik ishlash usullari 3 xil bo‘ladi:
1. Sof termik ishlash. 
2. Termo-mexanik ishlash. 
3. Kimyoviy-termik ishlash.
Sof termik ishlashga: a) yumshatish, b) normallashtirish, d) tob­
lash, e) bo‘shatish

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling