Materialshunoslik indd


operatsiyalari bajariladi. 5.2 Bo‘shatish va normallash


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

 operatsiyalari bajariladi.
5.2 Bo‘shatish va normallash
Yumshatishdan maqsad muvozanatda bo‘lmagan strukturani mu-
vozanat holatga keltirishdir. Odatda, yumshatish deganda buyumni 
ma’lum haroratgacha qizdirib, pech bilan birgalikda sovitishga ay-
tiladi.
Yumshatishning quyidagi turlari mavjud: rekristallash; chala yum-
shatish; to‘la yumshatish.
• Rekristallash uchun buyum 650–700°C gacha qizdirilib, shu 
haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga 
sovitiladi. Bunda ferrit qayta kristallanadi va sementit bir oz o‘sadi. 
Materialning plastikligi ortadi.
• Chala yumshatish uchun buyum yuqori haroratgacha qiz-
diriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga 
sovitiladi. Bunday termik ishlovdan maqsad plastina ko‘rinishidagi 
perlitni yumaloq shaklga keltirishdan iborat. Uning qattiqligi plas­
tinasimon perlitdan bir oz past bo‘lsada, plastikligi yuqoridir.
• To‘la yumshatish deb, donachalarini nisbatan maydalash va 
qoldiq ichki zo‘riqishlarini kamaytirish maqsadida po‘latlarni qiz-
dirib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan 
birga sovitishga aytiladi. Yuqori haroratda ushlab turish vaqti buyum 
materialida faza o‘zgarishlari yuz berishi uchun yetarli bo‘lishi ke­
rak. Natijada hosil bo‘lgan mayda donali austenit sovishi hisobiga 
perlit donachalari ham maydalashadi.


71
Sovitish vaqtini kamaytirish maqsadida austenit eng kam barqa-
rorlikka ega bo‘lgan haroratda to‘la parchalanguncha ushlab turiladi. 
Austenit perlitga to‘liq parchalangandan so‘ng asta­sekin sovitiladi. 
Bunday termik ishlov berish 
izotermik yumshatish deyiladi. Bunga 
to‘la yumshatishga qaraganda 2–3 marta kam vaqt ketadi.
Normallash. Normallashdan maqsad buyumni keyingi termik 
ishlov berish uchun tayyorlashdan, o‘rtacha uglerodli po‘latlarning 
esa strukturasini yaxshilashdan iborat. Normallash to‘la yumshatish-
dan sovitish tezligi bilan farq qiladi. 
Normallash deb, po‘latlarni qiz-
dirib, ma’lum vaqt ushlab turilgandan so‘ng havoda sovitishga aytila-
di. Buyumni havoda sovitish tezligi pech bilan birga sovitishga qara-
ganda kattaroq bo‘lganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni past­
roq haroratda boradi. Natijada to‘la yumshatishga qaraganda buyum 
strukturasi maydaroq bo‘ladi. Shu sababli, buyumning mustahkamligi 
va qattiqligi 15–20% yuqori bo‘ladi. Normallash po‘latni termik ish-
lashning tayyorlov bosqichi yoki o‘rtacha uglerodli po‘latlar uchun 
oxirgi bosqich sifatida qo‘llaniladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling