Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

5.3. Toblash va bo‘shatish
Toblash. Toblashdan maqsad materiallarining mustahkamligini 
oshirishdir. Toblashning boshqa sof termik ishlov berishdan asosiy 
farqi uni katta tezlik bilan sovitilishidadir.
Toblash harorati Fe–Fe
3
C holat diagrammasiga muvofiq aniqlanadi.
Toblash harorati buyumning butun ko‘ndalang kesimi bo‘yicha bir xil
bo‘lishi uchun ko‘p vaqt ketsa, austenitning o‘sib ketish xavfi bor.
Buyumni pechda ma’lum haroratda tutib turish vaqti uning shakliga,
pechga joylash usuliga va turiga bog‘liq. 
Xomakilarni yuqori haroratli pechda qizdirganda uglerod kuyadi.
Natijada buyumning yuzasida uglerod miqdori kamayadi. Buning 
oldini olish maqsadida ish muhiti nazorat qilib turiladigan pechlar 
qo‘llaniladi. Toblash muhitini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. 
Austenitning izotermik parchalanish diagrammasidan ma’lumki, tob­
lash uchun kerakli bo‘lgan eng kichik sovitish tezligi egri chiziqqa 
urinma bo‘lmog‘i kerak. Lekin sovitish tezligini martensitga parcha-


72
lanish chegarasida sekinlatishi zarur, shunda buyumda yuzaga keladi-
gan ichki termik kuchlanishlar mumkin qadar kamayadi. 
Sovitish muhiti sifatida suv, mineral moylar, tuz eritmalari ishlati-
ladi. Uglerodli po‘latlarni toblashda suv, yuqori legirlangan po‘latlarni 
toblashda esa mineral moylar ishlatiladi. 
Agar xomakining ko‘ndalang kesimi katta va shakli murakkab 
bo‘lmasa, to‘xtovsiz bir muhitda sovitish mumkin (5.1-rasm, 1-egri 
chiziq).
Yuqori uglerodli po‘latlarni toblashda sovitish uchun ikki muhit-
dan foydalaniladi. Buning uchun po‘lat austenitning barqarorligi eng 
kichik davrdan o‘tguncha suv bilan sovitiladi, so‘ngra martensitga 
parchalanish haroratidan 80–100 °C yuqori haroratda moyda sekin 
sovitiladi (5.1­rasm, 2­egri chiziq).
Agar asbobning tuzilishi murakkab va hajmi katta bo‘lsa, pog‘o­
nali toblash qo‘llaniladi (5.1­rasm, 3­egri chiziq).
Bunda asbob suyuq muhitda martensitga parchalanishdan yuqori­
roq haroratda ushlab turiladi, so‘ngra havoda sovitiladi. Shunday 
qilinganda martensitga parchalanishdan oldin harorat butun hajm 
bo‘yicha bir xil bo‘ladi.
Ko‘p hollarda o‘rtacha uglerodli po‘latlardan tayyorlanadigan kon-
struksiyalarning murakkab qismlari izotermik haroratda toblanadi. 
Bunda po‘lat beynitgacha tez sovitiladi. Beynit parchalanib bo‘lgach, 
sovitish davom etiriladi (5.1­rasm, 4­egri chiziq). Natijada po‘lat 
strukturasida parchalanmay qolgan austenit paydo bo‘ladi. Bunday 
toblangan po‘latlarda plastiklik va qattiqlikning yaxshi mutanosibligi 
yuzaga keladi.
Mashinasozlik amaliyotida o‘z-o‘zidan bo‘shatish imkonini bera-
digan toblash usullari mavjud. Buning uchun qizdirilgan buyumning 
bir qismigina sovitiladi. Sovitilmagan qismning issiqligi hisobiga 
sovitilgan qism bo‘shatish haroratigacha qiziydi. Natijada bo‘shatish 
jarayoni o‘z­o‘zidan yuz beradi. Bunday toblash usulida turli qismlari 
har xil qattiqlikka ega bo‘lgan buyumlar olinadi.
Toblash natijasida erishiladigan eng katta qattiqlik po‘latning 

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling