Materialshunoslik indd
Tezkesar po‘latlarni kimyoviy tarkibi
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.6. Qattiq qotishmalar
Tezkesar po‘latlarni kimyoviy tarkibi
6.2jadval Po‘lat markasi S, % Cr, % W, % V, % Co, % P18 0,7–0,8 3,8–4,4 17,5–19,0 1,0–1,4 _ P9 0,85–0,95 3,8–4,4 8,5–10,0 2,0–2,6 _ P9Ф5 1,4–1,5 3,8–4,4 9,0–10,5 4,3–5,1 _ Р9K5 0,9–1,0 3,8–4,4 9,0–10,5 2,0–2,6 5,0–6,0 Р9K10 0,9–1,0 3,8–4,4 9,0–10,5 2,0–2,6 9,5–10,5 Р18K5Ф2 0,85–1,95 3,8–4,4 17,5–19,0 1,8–2,4 5,0–6,0 Tezkesar po‘latining issiqlik o‘tkazish qobiliyati kichik, birdaniga tob lash haroratli pechga qo‘yilsa darz ketadi. Shuning uchun oldindan 2marta qizdirib olinadi: 1) 500–600ºC, 2) 830–860ºC. Bundan so‘ng tez qizdiriladi. R18 uchun t tabl =1280–1300ºC. Р9 uchun t tabl =1240– 1260ºC, Austenit strukturasi olinadi. Ma’lum vaqt ushlab turilgach 83 (T=1–2min) moyda sovitiladi (tuz eritmasida ham bo‘lishi mum- kin). Albatta bo‘shatiladi: 3marta 1 soatdan bo‘shatiladi, birinchi bo‘shatilganda austenitni 85%, ikkinchi bo‘shatilganda 95–97%, uchinchi bo‘shatilganda 98–99% martensitga aylanadi. Shunda qat- tiqlik HRC=64 ga yetadi. Bo‘shatish rejimini ikkinchi varianti ham bor. Po‘lat sovuq bilan ishlanadi: 80ºC dan 100ºC gacha sovitiladi. Bundan so‘ng bir marta 560ºC da bo‘shatiladi. Shunda austenitni 97–98% martensitga ayla- nadi. Tezkesar po‘latlarni toblashdan oldin yumshatib olinadi. 6.6. Qattiq qotishmalar Qattiq qotishmalar asbobsozlik materiallari turkumiga kiradi. Qattiq qotishmalar ko‘p tarqalgan asbobsozlik materiali bo‘lib, ular kukun metallurgiyasi asosida olinadi. Tashkil etuvchilarni may- dalab kukun holiga keltirilib aralashtiriladi. Masalan, ВK6markali qotishma uchun WC=94% va Co=6% hajmida har ikki tashkil etuvchi kukunlari tayyorlanadi. Olingan massani kerakli forma va o‘lchamli qolipga (shtampga) solib bosim bilan presslanadi va lozim o‘lchamli plastinkalar olinadi. Plastinkalar grafitli trubkali yoki yuqori chasto- tali vakuum pechlariga joylashtirilib tok o‘tkaziladi. (G=1500A). Yuqori harorat ta’sirida karbidlar (masalan WC) zarracha lari kobolt zarrachalari bilan birikadi yopishadi. Bu yerda kobolt zarrachalari bog‘lovchi vazifasini o‘taydi. Natijada o‘ta yuqori qattiq massa hosil bo‘ladi. Qattiq sinchlari zich volfram va titan karbidlari kristallaridan iborat bo‘lib, uyushoq modda-karbidlarni koboltdagi qattiq eritmasi bilan bog‘langan bo‘ladi. Qattiq qotishmalar asosan ikki guruhdan iborat: 1bir karbidli – volfrom karbidli – ВK va 2 ikki karbidli volfram va titan karbidli – TK. Lekin uch va undan ko‘p karbidli qattiq qotishmalar ham bor – TTK. Albatta TK guruhi ВK ga nisbatan ancha qattiq issiqqa bardoshli- ligi yuqori. Lekin ВK guruhi mustahkamroq va zarbiy qovushqoqligi yuqoriroq. 84 ВK guruhi issiqqa bardoshligi 800ºC bo‘lsa, TK guruhiniki 900– 1000ºC ga yetadi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling