Materialshunoslik indd


 Asbobsozlik uglerodli po‘latlari


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

6.3. Asbobsozlik uglerodli po‘latlari
Аsbobsozlik po‘latlаri yuqori qattiqlikkа egа bo‘lgаn, egilishgа 
chidаmli, uglerodli vа legirlаngаn po‘latlаrdir.
Аsbobsozlik po‘latlаri issiqlikkа chidаmlilik, ya’ni аsbobning ish 
qirrаsi qizigаnidа, mаsаlаn, kаttа tezlik bilаn kesishdа, qizigаn metаll 
deformаtsiyalаngаndа hаm yuqoridа ko‘rsаtilgаn xossаlаrini sаqlаb 
qolish xususiyatigа egа. 
Аsbobsozlik po‘latlаridа uglerodning miq-
dori, odаtdа, 0,7–1,5% bo‘lаdi. Bular asosan quyidagilar; У7A; У8A; 
У8ГA; У9A, У10A, У10ГA, У12A, У13A. O‘qilishi: Masalan У7A: 
У­uglerodli degani; 7­o‘ndan bir ulushda uglerod miqdori, ya’ni 
uglerod C=0,7%, A­po‘lat yuqori sifatli, ya’ni zararli elementlar Р, S 
lar har birining miqdori 0,025% dan oshmagan degani. Ular albatta 
termik ishlanadi (6.1­jadval). Toblashda qizdirish qo‘rg‘oshinli van-
nalarda, tuz eritmalari vannalarida va elektr pechlarda olib boriladi. 
Katta o‘lchamli asboblar toblashdan oldin t=350–450ºC darz ketmas-
ligi uchun dastlab qizdirib olinadi. Qizdirish vaqti asbob ko‘ndalang 
kesimi kattaligiga qarab belgilanadi: har bir mm ko‘ndalang kesimga 
quyidagi birlik bo‘yicha qo‘rg‘oshin vanna uchun 6–8 sek, tuz van-
nalari uchun 12–14 sek, elektr pechlari uchun 50–80 sek olinadi.
Uglerodli po‘latlarni termik ishlash jarayonida tob tashlash, darz 
ketish odati bor.
У7A, У8A, У9A, po‘latlardan slesarlik va temirchilik asboblari, 
ushlagichlar, qattiq qotishmali keskichlarning korpuslari yasaladi.
У10A,У12A, po‘latlardan tokarlik va randalash keskichlari, par-
malar, metchiklar, razvertkalar, plashkalar, qo‘l arra, tasmali (lenta-
simon) arralar yasaladi.


80
У10ГA po‘latidan yog‘och va metallarni qirqadigan tasmali len-
tasimon arralar ishlab chiqariladi. Uglerodli asbobsozlik po‘latlarni 
toblash harorati grafigi 6.1­rasmda keltirilgan

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling