81
6.4. Legirlangan asbobsozlik po‘latlari
Legirlangan asbobsozlik po‘latlari uglerodli po‘latlar tarkibiga u
yoki bu legirlovchi elimentlarni (Cr ,V, Mo, W va x.k) kiritish bi-
lan olinadi. Bundan maqsad lozim bo‘lgan xossalarni olishdir. Xrom
qo‘shilsa, po‘lat
qattiqligi, zangga bardoshligi va ishqalanib yeyi
lishga qarshiligi ortadi.
Volfram va molibden kiritilsa po‘latni qattiqligi, ishqalanib yeyili
shiga qarshiligi issiqbardoshligi ortadi.
Vannadiy po‘latni strukturasini yaxshilaydi: Turg‘un karbidlar ho-
sil qiladi, toblangandan so‘ng mayda donali struktura hosil qiladi.
1. Volframli po‘latlar: В1, В2. Bu yerda volfram miqdori 1%
va 2%. Volframni qo‘shilishi po‘latni o‘ta qizishga moyilligini pasay-
tiradi; uyushqoqligi ortadi. Parmalar, kichik o‘lchamdagi metchiklar,
razvyortkalar, plashkalar va h.k. yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: