68
Cho‘yanlar kimyoviy tarkibi va ishlatilish joylariga ko‘ra
quyidagi
turlarga ajratiladi:
Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar qattiq va mo‘rtdir.
Sababi shuki, bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki ko‘proq
qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe
3
C) holatida,
qolgani grafit tarzida bo‘ladi.
Quyma cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi er-
kin holatda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Quyma cho‘yanlarning boshqa
cho‘yanlarga nisbatan afzalligi shundaki,
ular yuqori oquvchanlik,
qotganda hajmning kam kirishishi, suyuqlanish
temperaturasining
nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi kabi xossalarga ega.
Maxsus cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar
tarkibidagi doimiy mavjud
element Si, Mn larning miqdori odatdagi cho‘yanlarnikiga nisbatan
ko‘p bo‘ladi.
Shuni qayd etish kerakki, cho‘yanlarning
asosiy strukturasidan
tashqari tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo‘lishiga qarab ular
kulrang, juda puxta va bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga ham ajratiladi.
Kulrang cho‘yanlardan juda puxta cho‘yanlar olish maqsadida suyuq
holatdagi cho‘yanga oz miqdorda Mg,
Ce yoki boshqa elementlar
qo‘shiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yanlar
quymalari maxsus rejimda yumshatiladi.