Materialshunoslik indd
=Cr+2Si+1,5Mo+5V+5,5Al+1,75Nb+1,5Ti+0,75W
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.8. Olovbardosh po‘latlar
=Cr+2Si+1,5Mo+5V+5,5Al+1,75Nb+1,5Ti+0,75W.
Ni ekv =Ni+ 0,5Mn+30C+30N+0,3Cu. Simvollar legirlovchi elimentlarni po‘latda massali ulushini va raqamlar ularni aktivlik koeffitsiyentini ko‘rsatadi. Xromli korroziyabardosh po‘latlarda uglerod miqdori iloji boricha kam bo‘lishi lozim, chunki qotishmaning zanglamaslik qobiliyati bir fazali strukturada turg‘un bo‘ladi. Uglerodning ko‘payishi karbidlar hosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa strukturani bir xil emaslikka du- chor qiladi. Lekin uglerod toblash samaradorligini ko‘p oshiradi. Hozirgi paytda kam uglerodli yuqori azotli korroziyabardosh po‘latlarni bir qancha guruhlari ishlab chiqilgan. Po‘latni mustahkamligini oshirish va tannarxini pasaytirish yo‘lida eng yaxshi legirlovchi eliment bu–azotdir. Ni ekv , Cr ekv , 87 Azot zo‘r austen hosil qiluvchi va mustahkam oshiruvchi legirlov chi eliment. Azot po‘latdan uni termik ishlashda va payvandlashda chiqib ketadi. 6.8. Olovbardosh po‘latlar Metallik konstruksion materiallarni ishlash va ulardan foydala- nish (eksplutatsiya) davrida yuqori haroratlarda qizdirilganda agres- siv muhitda kimyoviy reaksiyaga kirishadi va yemiriladi. Yuqori haroratlarda uzoq vaqt qizdirilganda uncha oksidlan- maydigan – ya’ni kuyundi hosil qilmaydigan metallar (po‘latlar) olovbardosh metallar (po‘latlar) deb ataladi. Olovbardoshlik bu yuqo- ri haroratlarda zanglamaslik desa ham bo‘ladi. Temir va po‘latni olovbardoshligini xrom, aluminiy va kremniy bilan legirlash bilan oshiriladi. Temir va po‘latni butun hajm va yuza- sini legirlashda eng ko‘p qo‘llaniladigani xrom va uning miqdori 30% gacha yetadi. Po‘lat tarkibida xrom miqdorini ortishi bilan hamda haroratning ko‘tarilashi va unda ushlab turish vaqtini ortishi bilan ok- sidda xrom miqdorini ko‘paytiradi. Temirni legirlangan oksidi xrom oksidi bilan almashadi, bu olovbardoshlikni oshiradi. Po‘latda qancha xrom ko‘p bo‘lsa shuncha yuqori haroratda ishlat- sa bo‘ladi, undan foydalanish vaqti ham uzoq bo‘ladi. Olovbardoshlik po‘latning kimyoviy tarkibi bilan (asosan xrom miqdori bilan) aniqla- nadi. Olovbardosh po‘latlarni kremniy (2–3%) va aluminiy (1–2%) bi- lan qo‘shimcha legirlash uni ishlatish haroratini ko‘taradi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling