Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Rezinali yelimlar, asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali 
aralashmalarni qo‘shib eritish orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar 
vulkanizatsiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma bilan ara­
lashmasi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140–150°C harorat ta’sirida) 
va o‘zi vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga 
bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi guruhlarga kiruvchi yelimlarga, aso-
san, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil qilingan 
birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikma-
larga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88N markali rezinali 
yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular, asosan, rezinali aralashma-
larni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatsetat va benzinda eri-
tish orqali hosil qilinadi.
Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, 
shishalar va boshqalar bilan birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi.
Bundan tashqari, texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va 
nometall konstruksion materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish 
uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik kauchukdan iborat bo‘lgan 
yelimlar (BF–2, BF–4, VC–10T VK–32–200, VK–3, VK–4, K–153) 
va epoksidli yelimlar (Pr va PVK–1, VK–7, PU–2, VK–5) ham keng 
ishlatiladi.
Elastiklik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar zamonaviy texni-
kada muhim rol o‘ynaydi. Ulardan mexanik yuklamalarni yumshatadi-
gan va so‘ndiradigan, uskuna va konstruksiyalarni jipslab, kimyoviy 


134
ta’sirlardan himoya qiladigan buyumlar tayyorlanadi. Elastikligi 
yuqori materiallarga tabiiy va sintetik polimerlar kiradi, ular katta 
miqyoslarda deformatsiyalansa ham o‘z holiga qaytish xususiyatiga 
ega. Shunday tabiiy materiallardan biri natural kauchuk hisoblanadi, 
lekin hozirgi vaqtda yuqori molekular birikmalarni sun’iy sintezlash 
orqali kauchukning turli ko‘rinishlari ishlab chiqarilayapti (sintetik 
kauchuklar). Kauchuklar rezina ishlab chiqarish uchun asosiy xom­ 
ashyo vazifasini o‘taydi.
Rezina buyumlar (rezina – texnik buyumlar) mashinasozlikning 
hamma tarmoqlarida qo‘llanadi. Ulardan eng muhimlari avtomobil 
shinalari, kontakt zichlamalar, amortizatorlar, egiluvchan uzatmalar 
tasmasi, shuningdek, yonilg‘ilar, gidravlik sistema suyuqliklari, siqil-
gan havo hamda boshqa texnik suyuqliklar va gazlarni so‘rib, boshqa 
joyga o‘tkazish shlanglari hisoblanadi. Tog‘ qazish uskunalarining 
metall ishchi organlarining yeyilishdan saqlash uchun ularga rezina 
qoplama beriladi.
Rezina – texnik buyumlarni olish texnologiyasi kauchukni 
qo‘shilmalar va to‘ldiruvchilar bilan aralashmasini vulkanizatsiya 
qilishga asoslanadi. Turli rezina aralashmalaridan ekspluatatsiya 
tavsiflari har xil, atrof­muhit omillari ta’siriga bardoshli rezina ma-
teriallari olinadi. Yorug‘likka, ozonga, radiatsiya nurlariga chidamli 
va boshqa maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar ana shunday 
materiallardir.
Rezina iste’molchilarga yarim mahsulot – rezina aralashmalari 
(qoliplash, armaturalash va vulkanlash yo‘li bilan buyum yasashga 
tayyor), vulkanlangan plastinalar, shnurlar ko‘rinishida yoki tayyor 
mahsulotlar (tasmalar, lentalar, yenglar, shinalar va b.) ko‘rinishida 
yetkazib beriladi. Rezina aralashmasining marka ifodasida, mexanik 
xususiyatlari, issiqlikdan eskirish, sovuqqa va moylarga chidamliligi 
va boshqa belgilari bo‘yicha rezina turi kodlar bilan ko‘rsatiladi.
Rezina (vulkanizat), qo‘llanish sohasiga qarab, ikki asosiy guruh-
ga bo‘linadi: umumiy ishlar va maxsus vazifalarga mo‘ljallangan.
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezina natural kauchuk, butadien-
li, izop renli, butadien­stirolli, xlorprenli, kauchuklar, butil­kauchuk-
lar va ularning kombi natsiyasidan tayyorlanadi. Bu rezinalar minus 


135
50 
0
C dan 150 
0
C gacha haroratlarda ishlay oladi, shinalar konveyer 
tasmalari, yuritish kamarlari va boshqa rezina­texnik buyumlar uchun 
ishlatiladi; plastinalar, listlar, rulonlar va shnurlar ko‘ri nishida, GOST 
7338–90, GOST 6467–79 larga muvofiq ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar alohida sharoitlarda 
qo‘llana digan bir necha turga ajratiladi.
Etilen­propilenli va butil­kauchuklar asosida tayyorlangan is-
siqbardosh rezinalar 150...200 
0
C haroratlarda ishlay oladi. Element-
organik kauchuklar (dioksid kremniy bilan to‘ldirilgan bo‘lsa) asosi-
da tayyorlangan rezinalar, shuningdek, polifosfonitril xlorid turidagi 
noorganik polimerlardan tayyorlangan rezinalarning ishchi harorat-
lari yanada yuqoriroq.
Minus 50 
0
C va undan past haroratlarda uzoq vaqt ishlatiladigan 
sovuqbardosh rezinalar, shishalanish harorati past kauchuklar (krem-
niy-organikali, stereo-muntazam butadienli) asosida yoki shishala-
nish harorati odatiy (masalan butadien­nitrilli), lekin maxsus plas-
tifikatorlar (sebatsinatlar va b.) qo‘shilgan kauchuklar asosida tayy-
orlanadi.
Butadien­ nitrilli, polisulfidli, uretanli, xlorprenli, vinilpiridinli va 
tarkibida ftor bor kauchuklar asosida tayyorlangan, moy va tenzinga 
chidamli rezinalar neft mahsulotlari va o‘simlik moylari bilan uzoq 
vaqt kontaktda ishlay oladi.
Agressiv muhitlar (kislotalar, ishqorlar, ozon va b.) ta’siriga chi-
damli rezinalar butil­kauchuk, butadien­nitrill, kremniy­organikali, 
ftorli, xloroprenli, kauchuklar, akrilat­kauchuklar va xlor­sulfidlan-
gan polietilendan tayyorlanadi.
Elektr o‘tkazadigan va magnitli rezinalar qutbli butadien-nitril 
kauchuk lardan va shunday xususiyatli to‘ldiruvchilari bor boshqa 
kauchuklardan olinadi.
Dielektrik (kabel) rezinalari kremniy­organikali, etilen­propilenli, 
izoprenli va noorganik to‘ldiruvchilari bor boshqa kauchuklardan ish-
lab chiqariladi.
Qo‘rg‘oshin va bariy oksidlari bilan to‘ldirilgan ftorli, butadien-
nitrilli va butadien­stirolli kauchuklardan tayyorlangan, radiatsiyaga 
chidamli rezinalardan rentgen apparatlari detallari, radioaktiv izotop­


136
lar va boshqa zaryadlangan zarralar bilan ishlaydiganlar uchun hi-
moya kiyimlari tayyorlanadi.
Rezinaning yuqorida aytilgan turlaridan tashqari, yana, vakuumli, 
titrash­. suv­, olov­ va yorug‘likbardoshli, optik aktiv, friksion, tib-
biy, oziq-ovqat bilan kontaktda ishlaydigan va boshqa turlari ham bor.
Tayyor rezina­texnik buyumlar rezina asosidagi kompozitlar va 
armaturalovchi sinch (karkas)dan tayyorlanadi. Ulardan ko‘p tar-
qalgani: amortizatorlar, podshipniklar, metall kord yoki sim bilan 
armaturalangan shinalar (DS 7199–77, DS 4754–97); armaturalan-
magan to‘qima va metall karkasli yenglar va quvurlar (DS 5398–76, 
DS 18698–79); zichlovchi manjetalar (DS 14896–84) va boshqa qa-
tor buyumlar.
Rezinalarning fizik­mexanik, himoyaviy va boshqa xususiyatlarini 
kauchuk asos belgilaydi. Shunga qaramay, mexanik omillar ta’sir qil-
ganda hamma rezinalar uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlar bor­
ki, bular, rezinalar deformatsiyadan chiqib, avvalgi holatiga kirish 
xususiyati bilan bog‘liq. Metallardan farqli o‘laroq, rezinalar uchun 
“kuchlanish­deformatsiya” diagrammasining shakli S­simon bo‘lishi, 
xona haroratlarida yuqori sudraluvchanlik va qoldiq deformatsiyalar, 
mexanik xususiyatlarning yuklanish va harorat rejimlariga bog‘liqligi, 
deformatsiyalanganda hajm o‘zgarmasligi xos.
Rezinalarning elastiklik moduli (0,5...8,0 MPa), cho‘zish darajasi 
o‘rtacha bo‘lganda, po‘lat uchun Yung moduli qiymatidan o‘n­yuz 
ming marta kichkina. Kichik deformatsiyalar miqyosida, siljish mo­
duli elastiklik modulining 1/3 qismiga teng.
Yuqori elastiklik holatidagi rezinaga mexanik yuklama beril-
ganda relaksatsiya hodisasi kuzatiladi, ya’ni materialning mexanik 
ta’sirlarga reaksiyasi vaqt mobaynida kechikadi. Rezinalarning re-
laksiyali xususiyatlari nomuvozanatli holatdan muvozanatga o‘tish 
davomiyligini ko‘rsatadi. Bunda kuchlanish σ bilan, deformatsiya ε 
o‘rtasidagi nisbat vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, muvozanatning elastik-
lik moduli bir xilligicha saqlanadi.
Umumiy holda σ/ε nisbati yuklamaning, ya’ni deformatsiyaning 
ortish tezligi yoki kuchlanish relaksatsiyasining funksiyasidir. Biroq, 
rezinaning deformatsiyalanish xususiyati shundaki, σ/ε nisbat na­ 


137
faqat mexanik yuklanish rejimiga, balki σ yoki ε ning absolyut qiy­
matiga ham bog‘liq (xususiyatlarning egri chiziqli qonuniyat bilan 
o‘zgarishi). Bunday bog‘lanish ham muvozanatli, ham muvozanatsiz 
yuklanish uchun xos. σ yoki ε ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, xu-
susiyatlarning egri chiziq bilan o‘zgarishi shunchalik kuchli bo‘ladi.
Muhandislik amaliyotida rezinalar statik yuklangandagi mexanik 
xususiyatlari ko‘rsatkichlaridan tez­tez foydalaniladi:
– cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi – σ
r
(haqiqiy mustah-
kamlik);
– mustahkamlikning shartli chegarasi – σ
u
(namunani uzgan 
kuchning dastlabki ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbati);
– uzilishdagi nisbiy cho‘zilish – ε
r
;
– nisbiy qoldiq cho‘zilish – ε
ost
;
– namunaning berilgan cho‘zilishiga mos shartli kuchlanish – σ
ε
;
– tirnalishga qarshilik – B (uzuvchi yuklamaning namunada 
qirqib qo‘yilgan joy qalinligiga nisbati; ma’lum tezlik bilan tirnaladi);
– Sho‘r bo‘yicha qattiqlik – H.
Rezinalarni fizik­mexanik sinash uchun qo‘yilgan umumiy talablar
GOST 269–66da keltiriladi.
Ekspluatatsiya jarayonida rezinalar turli ko‘rinishda eskirishga 
duch keladi (issiqlikdan, yorug‘likdan, ozon radiatsiya va vakuum 
ta’siridan eskirish) va ishlash qobiliyati yo‘qoladi. Rezinaning es-
kirishga qarshiligi kauchuk bilan to‘yinish darajasiga monomoleku-
lalarining egiluvchanligiga, zanjirdagi kimyoviy bog‘lanishlarning 
mustahkamlik darajasiga, yo‘nalish (orientatsiya) va kristallanishga 
bog‘liq.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling