Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Oksidli keramika. Bular nisbiy elektroqarshiligi yuqoriligi bi
lan хarakterlanadi – 10 3 –10 11 Om.sm; qisishga mustahkamlik chega rasi σ kis =5 GPa ga teng, harorat intervalida oksidlovchi muhitga chi- damli, ba’zi bir turlari yuqori haroratda o‘ta o‘tkazgich hamda yuqori olovbardosh materialdir. Oksidli keramikaning eng ko‘p tarqalgan- lari: a) Alumosilikat SiO 2 -Al 2 O 3 asosidagi keramika. Kvartsli keramika yuqori termoturg‘un; radiatsiyaga turg‘un; radioto‘lqinlarni yaхshi o‘tkazadi; yuqori kislotaga turg‘un va olovbardosh. Tarkibida Al 2 O 3 ortishi bilan keramik materialda 3Al 2 O 3 *2SiO 2 mullitini or- tishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida keramikasi mustahkamligini va termoturg‘unligini ko‘taradi, kislotaviyligini oshiradi. Tarkibida 28% atrofida Al 2 O 3 bo‘lgan keramika “yarimkislotaviy” hisoblanadi (olovbardoshlar, farfor, fayans, kulolchilik mahsulotlari), bular shun- day kaolinli paхta; bu asosda issiq o‘tkazmaydigan materiallar; sha motli o‘tga chidamli materiallar va h.k. Tarkibida Al 2 O 3 90% dan ko‘p korundli keramika qisishda yuqori mustahkamlik chegarasiga ega σ kis =3–4Pa. 128 Alumosilikatli keramikadan har хil idish tovoqlar, detallar va koks chiqaradigan va marten pechlari uchun material, kosmik appa- ratlari uchun detallar, yadro reaktorlar qoplamalari, galogen lampalar korpuslari, suyak implantatlari, radioapparatura detallari va h.k.lar ishlab chiqariladi. b) SiO 2 va boshqa oksidlar asosidagi keramika. Bunday kerami- kani tayyorlashda odatda gilloy, kaolin, talk, Ba, Lihamda Ca, MgO karbonatlari, evkriptit, spoduten, pedalit, ashorit, trepen mineral- lari ishlatiladi. Radioteхnik detallarni, issiqlik almashuvchilarni, avto va aviasvechalari izolyatorlarni va h.k. larni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. c) TiO 2 asosidagi keramika; titanlar va sirkonatlar Ba, Sr, Pb asosidagi hamda niobotlar va tantolatlar Pb, Ba, K va Na aso- sidagi keramika. Bunday keramika yuqori elektroqarshiligi bilan хarakterlanadi, elektronikada va radioteхnikada keng ishlatiladi. d) MgO asosidagi keramika. Magnezit, dolomit, ohak, хromomagnezit, sintetik MgO dan olinadi. Qo‘shimchalar sifatida CaO,Cr 2 O 3 , Al 2 O 3 ishlatiladi. 80 % MgO bo‘lgan keramika o‘tga chi- damli materialni tayyorlashda qo‘llaniladi. Toza MgO dan olingan keramika generator izolyatorlarini, uchish apparatlari illyuminatorla- rini yasashda ishlatiladi. Magneziolohakli (50% MgO, 10% CaO), magnezitoхromli (60% MgO, 5–18% Cr 2 O 3 ), хromovomagnezitli (40–60% MgO, 15–30% Cr 2 O 3 ) va хromli (40% MgO, 25% Cr 2 O 3 ) keramikalar o‘tga chidamli materiallar tayyorlashda ishlatiladi. e) Shpinelli keramika ferrit asosida olinadi, asosan Ni, Co, Mn, Ca, Mg, Zn. Odatda ferromagnitli хossaga ega va o‘rin olishni qat- tiq eritma hosil qilish qobiliyatiga ega. Magnit o‘tkazuvchilar, magnit g‘altagi o‘zagi va h.k. lar tayyorlanadi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling