Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Randalangan fanerlar
- Yo‘nilgan fanerlar
Taxta materiallar.Yo‘g‘on xodalar piloramalar, tasma arrali,
disk arrali dastgohlar yordamida tilinib har xil taxta materiallar hosil qilinadi. Bunday taxtalarning qalinligi 7, 10, 13, 16, 19, 22, 143 25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 250 mm gacha (10 mm dan oralatib) bo‘ladi. Faner – g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan yupqa yog‘ochtaxta material.Tayyorlash usuliga qarab tilingan, ran- dalangan, yo‘nilgan, yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab oli- nadigan fanerlar eman, shumtol, yong‘oq, qayrog‘och, zarang, nok va boshqa qimmatbaho yog‘ochlardan tayyorlanadi. Fanerlar har xil du- radgorlik ishlarida, mebelsozlikda qoplama material sifatida ishlatiladi. Randalangan fanerlar – faner randalovchi maxsus dastgohlarda yog‘ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning qalinligi 0,8–1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq, uzunligi 100 mm va undan ziyod bo‘ladi. Tilingan fanerlar – burang yoki bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib oladigan ba’zi yog‘och g‘o‘lalarini tilish yo‘li bilan hosil qilinadi. Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yo‘nalishda tilish yo‘li bilan olinadigan fanerlar boshqa yo‘nalishda tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori baholanadi.Chunki radial yo‘nalishda tilingan fanerlarda o‘zak nur- lari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda fanerlar qimmatbaho mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan faner- larning qalinligi 0,8–2 mm gacha bo‘ladi. Fanerning namligi 10 % bo‘lishiga ruxsat etiladi. Yo‘nilgan fanerlar (shponlar) yo‘nuvchi dastgohlarda tay yorlanadi. Yo‘nilgan fanerning qalinligi 0,3–3,5 mm gacha, eni esa g‘o‘laning uzunligiga teng bo‘ladi. Butun g‘o‘lani yo‘nilganda spi- ralsimon shpon hosil bo‘ladi. Shu yo‘l (usul) bilan zarang, kareliya qayinidan “qush ko‘zi” deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling