Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Taxta materiallar.Yo‘g‘on xodalar piloramalar, tasma arrali
disk arrali dastgohlar yordamida tilinib har xil taxta materiallar 
hosil qilinadi. Bunday taxtalarning qalinligi 7, 10, 13, 16, 19, 22, 


143
25, 32, 40, 45, 50, 60, 70, 75, 100 mm va eni 80 dan 250 mm gacha 
(10 mm dan oralatib) bo‘ladi.
Faner – g‘o‘lalarni tilish, randalash, yo‘nish yo‘li bilan olinadigan 
yupqa yog‘och­taxta material.Tayyorlash usuliga qarab tilingan, ran-
dalangan, yo‘nilgan, yelimlangan fanerlar bo‘ladi. Tilib, randalab oli-
nadigan fanerlar eman, shumtol, yong‘oq, qayrog‘och, zarang, nok va 
boshqa qimmatbaho yog‘ochlardan tayyorlanadi. Fanerlar har xil du-
radgorlik ishlarida, mebelsozlikda qoplama material sifatida ishlatiladi.
Randalangan fanerlar – faner randalovchi maxsus dastgohlarda 
yog‘ochlarni randalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Bunday fanerlarning 
qalinligi 0,8–1,5 mm, eni 80 mm va undan ortiq, uzunligi 100 mm va 
undan ziyod bo‘ladi.
Tilingan fanerlar – burang yoki bug‘lash natijasida mo‘rt bo‘lib 
oladigan ba’zi yog‘och g‘o‘lalarini tilish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Yo‘g‘on g‘o‘lalarni radial yo‘nalishda tilish yo‘li bilan olinadigan 
fanerlar boshqa yo‘nalishda tilib olingan fanerlarga qaraganda yuqori 
baholanadi.Chunki radial yo‘nalishda tilingan fanerlarda o‘zak nur-
lari juda chiroyli tekstura hosil qiladi. Bu holda fanerlar qimmatbaho 
mebellar tayyorlash va qoplash maqsadida ishlatiladi. Tilingan faner-
larning qalinligi 0,8–2 mm gacha bo‘ladi. Fanerning namligi 10 % 
bo‘lishiga ruxsat etiladi.
Yo‘nilgan fanerlar (shponlar) yo‘nuvchi dastgohlarda tay­
yorlanadi. Yo‘nilgan fanerning qalinligi 0,3–3,5 mm gacha, eni esa 
g‘o‘laning uzunligiga teng bo‘ladi. Butun g‘o‘lani yo‘nilganda spi-
ralsimon shpon hosil bo‘ladi. Shu yo‘l (usul) bilan zarang, kareliya 
qayinidan “qush ko‘zi” deb ataluvchi chiroyli gulli shpon olinadi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling