Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Rezinali yelimlar, asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali
aralashmalarni qo‘shib eritish orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar vulkanizatsiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma bilan ara lashmasi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140–150°C harorat ta’sirida) va o‘zi vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi guruhlarga kiruvchi yelimlarga, aso- san, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil qilingan birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikma- larga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88N markali rezinali yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular, asosan, rezinali aralashma- larni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatsetat va benzinda eri- tish orqali hosil qilinadi. Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, shishalar va boshqalar bilan birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi. Bundan tashqari, texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va nometall konstruksion materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik kauchukdan iborat bo‘lgan yelimlar (BF–2, BF–4, VC–10T VK–32–200, VK–3, VK–4, K–153) va epoksidli yelimlar (Pr va PVK–1, VK–7, PU–2, VK–5) ham keng ishlatiladi. Elastiklik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar zamonaviy texni- kada muhim rol o‘ynaydi. Ulardan mexanik yuklamalarni yumshatadi- gan va so‘ndiradigan, uskuna va konstruksiyalarni jipslab, kimyoviy 134 ta’sirlardan himoya qiladigan buyumlar tayyorlanadi. Elastikligi yuqori materiallarga tabiiy va sintetik polimerlar kiradi, ular katta miqyoslarda deformatsiyalansa ham o‘z holiga qaytish xususiyatiga ega. Shunday tabiiy materiallardan biri natural kauchuk hisoblanadi, lekin hozirgi vaqtda yuqori molekular birikmalarni sun’iy sintezlash orqali kauchukning turli ko‘rinishlari ishlab chiqarilayapti (sintetik kauchuklar). Kauchuklar rezina ishlab chiqarish uchun asosiy xom ashyo vazifasini o‘taydi. Rezina buyumlar (rezina – texnik buyumlar) mashinasozlikning hamma tarmoqlarida qo‘llanadi. Ulardan eng muhimlari avtomobil shinalari, kontakt zichlamalar, amortizatorlar, egiluvchan uzatmalar tasmasi, shuningdek, yonilg‘ilar, gidravlik sistema suyuqliklari, siqil- gan havo hamda boshqa texnik suyuqliklar va gazlarni so‘rib, boshqa joyga o‘tkazish shlanglari hisoblanadi. Tog‘ qazish uskunalarining metall ishchi organlarining yeyilishdan saqlash uchun ularga rezina qoplama beriladi. Rezina – texnik buyumlarni olish texnologiyasi kauchukni qo‘shilmalar va to‘ldiruvchilar bilan aralashmasini vulkanizatsiya qilishga asoslanadi. Turli rezina aralashmalaridan ekspluatatsiya tavsiflari har xil, atrofmuhit omillari ta’siriga bardoshli rezina ma- teriallari olinadi. Yorug‘likka, ozonga, radiatsiya nurlariga chidamli va boshqa maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar ana shunday materiallardir. Rezina iste’molchilarga yarim mahsulot – rezina aralashmalari (qoliplash, armaturalash va vulkanlash yo‘li bilan buyum yasashga tayyor), vulkanlangan plastinalar, shnurlar ko‘rinishida yoki tayyor mahsulotlar (tasmalar, lentalar, yenglar, shinalar va b.) ko‘rinishida yetkazib beriladi. Rezina aralashmasining marka ifodasida, mexanik xususiyatlari, issiqlikdan eskirish, sovuqqa va moylarga chidamliligi va boshqa belgilari bo‘yicha rezina turi kodlar bilan ko‘rsatiladi. Rezina (vulkanizat), qo‘llanish sohasiga qarab, ikki asosiy guruh- ga bo‘linadi: umumiy ishlar va maxsus vazifalarga mo‘ljallangan. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezina natural kauchuk, butadien- li, izop renli, butadienstirolli, xlorprenli, kauchuklar, butilkauchuk- lar va ularning kombi natsiyasidan tayyorlanadi. Bu rezinalar minus 135 50 0 C dan 150 0 C gacha haroratlarda ishlay oladi, shinalar konveyer tasmalari, yuritish kamarlari va boshqa rezinatexnik buyumlar uchun ishlatiladi; plastinalar, listlar, rulonlar va shnurlar ko‘ri nishida, GOST 7338–90, GOST 6467–79 larga muvofiq ishlab chiqariladi. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar alohida sharoitlarda qo‘llana digan bir necha turga ajratiladi. Etilenpropilenli va butilkauchuklar asosida tayyorlangan is- siqbardosh rezinalar 150...200 0 C haroratlarda ishlay oladi. Element- organik kauchuklar (dioksid kremniy bilan to‘ldirilgan bo‘lsa) asosi- da tayyorlangan rezinalar, shuningdek, polifosfonitril xlorid turidagi noorganik polimerlardan tayyorlangan rezinalarning ishchi harorat- lari yanada yuqoriroq. Minus 50 0 C va undan past haroratlarda uzoq vaqt ishlatiladigan sovuqbardosh rezinalar, shishalanish harorati past kauchuklar (krem- niy-organikali, stereo-muntazam butadienli) asosida yoki shishala- nish harorati odatiy (masalan butadiennitrilli), lekin maxsus plas- tifikatorlar (sebatsinatlar va b.) qo‘shilgan kauchuklar asosida tayy- orlanadi. Butadien nitrilli, polisulfidli, uretanli, xlorprenli, vinilpiridinli va tarkibida ftor bor kauchuklar asosida tayyorlangan, moy va tenzinga chidamli rezinalar neft mahsulotlari va o‘simlik moylari bilan uzoq vaqt kontaktda ishlay oladi. Agressiv muhitlar (kislotalar, ishqorlar, ozon va b.) ta’siriga chi- damli rezinalar butilkauchuk, butadiennitrill, kremniyorganikali, ftorli, xloroprenli, kauchuklar, akrilatkauchuklar va xlorsulfidlan- gan polietilendan tayyorlanadi. Elektr o‘tkazadigan va magnitli rezinalar qutbli butadien-nitril kauchuk lardan va shunday xususiyatli to‘ldiruvchilari bor boshqa kauchuklardan olinadi. Dielektrik (kabel) rezinalari kremniyorganikali, etilenpropilenli, izoprenli va noorganik to‘ldiruvchilari bor boshqa kauchuklardan ish- lab chiqariladi. Qo‘rg‘oshin va bariy oksidlari bilan to‘ldirilgan ftorli, butadien- nitrilli va butadienstirolli kauchuklardan tayyorlangan, radiatsiyaga chidamli rezinalardan rentgen apparatlari detallari, radioaktiv izotop 136 lar va boshqa zaryadlangan zarralar bilan ishlaydiganlar uchun hi- moya kiyimlari tayyorlanadi. Rezinaning yuqorida aytilgan turlaridan tashqari, yana, vakuumli, titrash. suv, olov va yorug‘likbardoshli, optik aktiv, friksion, tib- biy, oziq-ovqat bilan kontaktda ishlaydigan va boshqa turlari ham bor. Tayyor rezinatexnik buyumlar rezina asosidagi kompozitlar va armaturalovchi sinch (karkas)dan tayyorlanadi. Ulardan ko‘p tar- qalgani: amortizatorlar, podshipniklar, metall kord yoki sim bilan armaturalangan shinalar (DS 7199–77, DS 4754–97); armaturalan- magan to‘qima va metall karkasli yenglar va quvurlar (DS 5398–76, DS 18698–79); zichlovchi manjetalar (DS 14896–84) va boshqa qa- tor buyumlar. Rezinalarning fizikmexanik, himoyaviy va boshqa xususiyatlarini kauchuk asos belgilaydi. Shunga qaramay, mexanik omillar ta’sir qil- ganda hamma rezinalar uchun xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlar bor ki, bular, rezinalar deformatsiyadan chiqib, avvalgi holatiga kirish xususiyati bilan bog‘liq. Metallardan farqli o‘laroq, rezinalar uchun “kuchlanishdeformatsiya” diagrammasining shakli Ssimon bo‘lishi, xona haroratlarida yuqori sudraluvchanlik va qoldiq deformatsiyalar, mexanik xususiyatlarning yuklanish va harorat rejimlariga bog‘liqligi, deformatsiyalanganda hajm o‘zgarmasligi xos. Rezinalarning elastiklik moduli (0,5...8,0 MPa), cho‘zish darajasi o‘rtacha bo‘lganda, po‘lat uchun Yung moduli qiymatidan o‘nyuz ming marta kichkina. Kichik deformatsiyalar miqyosida, siljish mo duli elastiklik modulining 1/3 qismiga teng. Yuqori elastiklik holatidagi rezinaga mexanik yuklama beril- ganda relaksatsiya hodisasi kuzatiladi, ya’ni materialning mexanik ta’sirlarga reaksiyasi vaqt mobaynida kechikadi. Rezinalarning re- laksiyali xususiyatlari nomuvozanatli holatdan muvozanatga o‘tish davomiyligini ko‘rsatadi. Bunda kuchlanish σ bilan, deformatsiya ε o‘rtasidagi nisbat vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, muvozanatning elastik- lik moduli bir xilligicha saqlanadi. Umumiy holda σ/ε nisbati yuklamaning, ya’ni deformatsiyaning ortish tezligi yoki kuchlanish relaksatsiyasining funksiyasidir. Biroq, rezinaning deformatsiyalanish xususiyati shundaki, σ/ε nisbat na 137 faqat mexanik yuklanish rejimiga, balki σ yoki ε ning absolyut qiy matiga ham bog‘liq (xususiyatlarning egri chiziqli qonuniyat bilan o‘zgarishi). Bunday bog‘lanish ham muvozanatli, ham muvozanatsiz yuklanish uchun xos. σ yoki ε ning qiymati qanchalik katta bo‘lsa, xu- susiyatlarning egri chiziq bilan o‘zgarishi shunchalik kuchli bo‘ladi. Muhandislik amaliyotida rezinalar statik yuklangandagi mexanik xususiyatlari ko‘rsatkichlaridan teztez foydalaniladi: – cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi – σ r (haqiqiy mustah- kamlik); – mustahkamlikning shartli chegarasi – σ u (namunani uzgan kuchning dastlabki ko‘ndalang kesim yuzasiga nisbati); – uzilishdagi nisbiy cho‘zilish – ε r ; – nisbiy qoldiq cho‘zilish – ε ost ; – namunaning berilgan cho‘zilishiga mos shartli kuchlanish – σ ε ; – tirnalishga qarshilik – B (uzuvchi yuklamaning namunada qirqib qo‘yilgan joy qalinligiga nisbati; ma’lum tezlik bilan tirnaladi); – Sho‘r bo‘yicha qattiqlik – H. Rezinalarni fizikmexanik sinash uchun qo‘yilgan umumiy talablar GOST 269–66da keltiriladi. Ekspluatatsiya jarayonida rezinalar turli ko‘rinishda eskirishga duch keladi (issiqlikdan, yorug‘likdan, ozon radiatsiya va vakuum ta’siridan eskirish) va ishlash qobiliyati yo‘qoladi. Rezinaning es- kirishga qarshiligi kauchuk bilan to‘yinish darajasiga monomoleku- lalarining egiluvchanligiga, zanjirdagi kimyoviy bog‘lanishlarning mustahkamlik darajasiga, yo‘nalish (orientatsiya) va kristallanishga bog‘liq. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling