Materialshunoslik indd


Yog‘och materiallar va ularda uchraydigan nuqsonlar


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Yog‘och materiallar va ularda uchraydigan nuqsonlar.
Yog‘och materiallar tayyorlash.Yog‘och materiallarga qo‘yiladigan 
talablar tegishli DS bilan belgilanadi. DS da yog‘och materiallarning 
o‘lchamlariga, joiz nuqsonlariga, ishlov berish sifatiga, o‘lchash usuli-
ga, navlarga ajratish, markalash va hisoblashga nisbatan qo‘yiladigan 
talablar ko‘rsatiladi.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida asosiy yog‘och materiallar 
turli xodalar, taxta materiallari, bruslar, fanerlar (randalangan, ti-
lingan, yo‘nilgan, yelimlangan fanerlar va h.), duradgorlik plitalari, 
yog‘och payraxali plitalar keng ishlatiladi.
Xoda shox­shabbalari kesilgan, po‘stlog‘i tozalangan daraxt ta-
nasining bir qismidir. Xodalar 3 guruhga bo‘linadi, ya’ni ingichka 
(kichik diametrli) xodalar – diametri 8–13 sm gacha; o‘rtacha xo-
dalar (o‘rtacha diametrli) – diametri 14–24 sm gacha; yo‘g‘on (kat-
ta diametrli) xodalar – diametri 25 sm va undan yo‘g‘on bo‘ladi. 
Xodalarning asosiy uzunligi 6,5 m bo‘lib, qurilishda ishlatiladigan 
xodalar ko‘pincha 4–7 m uzunlikda tayyorlanadi.
Y o g‘ o c h – o‘simlik to‘qimasi, yuqori molekular organik birik-
malardan tashkil topgan (39–58% selluloza, 17–34% lignin, 15–
35% gemitselluloz). Bulardan tashqari yog‘ochda oz miqdorda quyi 
molekular moddalar (kislotalar, smolalar, efir moylari, yog‘lar) va 
mineral moddalar (silikatlar, fosfatlar, metall oksidlari) bor.
Igna bargli (qarag‘ay, archa va b.) va yaproqli (eman, qayin va 
b.) daraxtlar yog‘ochi bir­biridan farq qiladi. Lekin turli jinsdagi 
yog‘ochlarning kimyoviy tarkibi deyarli bir xil: 49–50% uglerod, 
43–44% kislorod, 6% vodorod, 0,1–0,3% azot.Yog‘och daraxt tana-
sining asosiy massasini tashkil etadi va hujayralardan tuzilgan. Ular 
turli vazifalarni bajaradi va turlicha xususiyatlarga ega.
Yog‘ochning makrostrukturasida o‘zak, yadro va po‘stloq osti qat­
lam mavjud (9.7­rasm). O‘zak – mustahkam bo‘lmagan birlamchi 
to‘qima, yupqa devorli hujayralardan iborat. Yadro (pishgan yog‘och) 
– o‘lgan hujayralar to‘plami bo‘lib, qatronli oshlovchi moddalar shi-
milgan; daraxt tanasining eng qimmatli va mustahkam qismi hisob-


141
lanadi. Po‘stloq osti qatlam – o‘sayotgan daraxtning tirik hujayralari 
bo‘lib, ular orqali ozuqa moddalar harakatlanadi.
Har qanday yog‘ochning asosiy strukturaviy birligi – hujayra-
dir. Uning qobig‘i selluloza, gemitselluloza va lignindan iborat. 
Hujayralar bir­biriga yopishib ketishi natijasida diametri 50–400 
mkm va uzunligi 0,02 m.dan – 3,0 m.gacha tomirlar hosil bo‘ladi. 
Tomirlarning devorlari deformatsiyalanishdan saqlaydigan moddadan 
tuzilgan. Suv yoki o‘simlik shirasi bilan to‘lgan tomirlar yog‘ochda 
o‘tkazuvchi sistema vazifasini bajaradi. Yog‘och mikrostrukturasi­
ning elementlari mikroskopiya usullari bilan tadqiq etiladi. Bu ele-
mentlarga o‘tkazuvchi hujayralar (traxeidlar, tomirlar), mexanik hu-
jayralar (libriforma tolalari) va zaxiralovchi hujayralar (parenximli h) 
kiradi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling