Materialshunoslik indd


-rasm. daraxt tanasining qirqimlar tekisliklari


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

9.7-rasm. daraxt tanasining qirqimlar tekisliklari:
П – ko‘ndalang; Р – radial; T – tangensial.
Libriforma tolalari uzunligi 0,7–1,6 mm va eni 0,02–0,07 mm, qa-
lin qobiqli hujayradir. Undagi hujayralar soni yog‘ochning mexanik 
xususiyatlarini belgilaydi. Zaxiralovchi hujayralar – eni 0,05–1,0 
mm bo‘lgan tasmasimon shaklda hujayralar to‘plamidan iborat. Ular 
o‘zak nurlarini tashkil etadi va yog‘lar, uglevodlar, oqsillarni to‘plash 
uchun xizmat qiladi.


142
Yog‘ochning eng muhim va ahamiyatli komponentlaridan biri suv 
bo‘lib, u namlikni belgilaydi. Yog‘ochning namligi erkin (kapillar) 
namlikning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bu namlik hujayralar ichi­
ni to‘ldiradi va ularning qobiqlarida bo‘ladi va bog‘langan (gigros-
kopik) holatda bo‘ladi. Namlik foizlar bilan aniqlanadi va yog‘ochni 
quritishdan oldingi massasini, qurigandan keyingi massasiga nisbati 
orqali topiladi (100–105 
0
C haroratda quritiladi). Yog‘ochning, er-
kin namligi butkul yo‘qolgan, bog‘langani esa hujayralar devorlarini 
to‘yintirishga yetadigan holati to‘yinish nuqtasi yoki gigroskopik 
namlik chegarasi deyiladi. Bu holat taxminan 30% namlikka mos ke-
ladi (yog‘och toifasiga qarab 23% dan 35% gacha o‘zgaradi).
Suv bilan to‘yingan yog‘och namlikni havoga oson tarqatadi; o‘ta 
qurigan daraxt esa, aksincha, namlikni o‘ziga tortadi. Yog‘och ochiq 
havoda uzoq vaqt ushlab turilganda teng namlik holati (odatda 10–
20%) yuzaga keladi. Bu holat havo harorati va namligi bilan aniqla-
nadi.
Yog‘ochning fizik­mexanik tavsiflari uning makro va mikro struk-
turasiga bog‘liq.
Yog‘ochning muhim xususiyatlaridan biri – quriganda cho‘kishi­ 
dir. Bunda yog‘ochning chiziqli o‘lchamlari radial va tangensial 
yo‘nalishlarda bir xilda o‘zgarmaydi, shu sababdan yog‘och zagatov­
kalar qiyshayadi va yorilib ketadi.
Yog‘ochning zichligi daraxtning turiga bog‘liq, bitta tur chega-
rasida esa, yog‘ochning namligi va sifatiga bog‘liq. Zichligi katta 
chegaralarda o‘zgaradi. MDHda o‘sadigan daraxtlar ichida zichligi 
eng kami – Sharqiy Sibirda o‘sadigan pixta (345 kg/m
3
), oq tol (415 
kg/m
3
) va b.; eng zich yog‘och – shamshod daraxtida (960 kg/m
3
), 
temir qayinda (970 kg/m
3
), saksovulda (1040 kg/m
3
). Chet ellarda-
gi daraxt turlari ichida zichligi eng kami (100–130 kg/m
3
), Janubiy 
Amerikaning tropik zonasida o‘sadigan balza, zichligi eng kattasi 
(1400 kg/m
3
) – bakaut daraxti (Antil orollari va Dominikan respub-
likasida o‘sadi) hisoblanadi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling