Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

9.5. Polimer мateriallar
Zamonaviy avtomobilsozlikni polimеr matеriallarni kеng ko‘lamli 
qo‘llanilishisiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ular avtomobillarning mas-
sasini yеngillashtiradi, ularni tayyorlashga sarflanadigan ish hajmini, 
qimmatbaho matеriallar sarfini kamaytiradi, ishonchliligi va xavfsiz­
ligini oshiradi, qulayligini yaхshilaydi, raqobatbardoshligini oshiradi. 
Polimеr matеriallarni avtomobillarda qo‘llanilishi doimiy ravishda 
ortib bormoqda, bu holat sanoati rivojlangan mamlakatlardagi ilg‘or 
firmalar tomonidan odatiy va maхsus avtomobillar ishlab chiqarish-
da, ayniqsa, sеzilarli bormoqda.
Poliurеtanlar, polivinilхloridlar, polipropilеnlar, polietilеnlar va 
sof holdagi boshqa polimеrlar hamda ularning aralashmalari va ular-
dan olinadigan shishasimon plastiklari, uglеrodli plastiklar, organik 


152
plastiklar va bazal’tli plastiklar ko‘rinishidagi polimеrli kompozitsion 
matеriallar avtomobillarning kuzovlarida, tayanch tizimlarida, trans-
missiya qismlarida, yurish qismlarida va quvvat bеruvchi qurilma-
larida kеng qo‘llanilmoqda.
Polimer materiallar. Hozirgi vaqtga kelib, o‘z xossalari jiha-
tidan xilma­xil plastmassalar, yog‘och materiallar va rezinalar, 
shu jumladan, juda puxta konstruksion materiallar, plastmassalar, 
yarimo‘tkazgichlar, o‘tkazgichlar, magnitli va boshqa plastmassalar 
yaratilgan.
Bu materiallar ko‘p hollarda qimmat turadigan metallar o‘rnida 
ishlatilmoqda. Texnika taraqqiyoti sanoatga plastmassalarning joriy 
qilinishiga ko‘p darajada bog‘liqdir.
Qisman yoki butkul yuqori molekular birikmalar, ya’ni polimer­
lardan iborat bo‘lib, sun’iy ravishda tayyorlangan va muayyan ha-
rorat va bosimda plastiklik xossalariga ega bo‘lgan materiallar plastik 
massalar (plastmassalar) deyiladi.
Ko‘pincha plastmassalar bir necha xil moddalardan iborat bo‘ladi. 
Ularning tarkibiga, masalan, bog‘lovchi va to‘ldiruvchi moddalar
plastifikatorlar, bo‘yoq moddalar va boshqalar kiradi. Ba’zi plastmas­
salar, masalan, organik shisha, poliamid, polietilen faqat polimerlar-
dan iborat bo‘ladi.
Murakkab tarkibli plastmassalarda bog‘lovchi moddalar vazifasini 
polimerlar o‘taydi.
Polimerlar juda ko‘p–bir necha mingdan tortib, to bir necha mil-
liongacha atomdan iborat birikmalardir. Polimerlar tabiiy va sun’iy 
bo‘ladi. Tabiiy polimerlarga selluloza, jun, ipak, tabiiy kauchuk va 
boshqalar, sun’iylariga esa organik shisha, polietilen, viskoza, kapron, 
naylon, sun’iy kauchuk va boshqalar kiradi.
Yuqori molekular organik birikmalar yoki ularning guruhlari 
ko‘pincha smolalar deb ataladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling