Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
Yelim materiallar. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida turli detal-
lardan (buyumlardan) ajralmas birikmalar hosil qilish uchun yelim- lash jarayonidan keng foydalaniladi. Buning uchun turli yelimlardan foydalaniladi. Yelimlar – muayyan sharoitda qattiq parda hosil qilib, ulanadigan konstruksion materiallarni (buyumlar yoki detallarni) bir-biriga mah- kam yopishtiradigan yopishqoq materiallardir. Xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan yelimlar, asosan, hayvon, o‘simlik va smola yelimlariga bo‘linadi. 147 Hayvon yelimining asosini organik moddalar, o‘simlik yelimlari- asosini oqsillar, smola yelimlari asosini esa sintetik moddalar tashkil etadi. Hayvon yelimlariga kollagen yelimlar, shuningdek, kazeinli va albuminli yelimlar, o‘simlik yelimlariga soya, kanakunjut (xashaki no‘xat) dan olingan yelimlar, smola yelimlariga Б–3, KБ–3markali fenolformal deyiladi, MK–1, M–2, KM–12, K–17markali karbamidli (mochevina formaldegidli) hamda ЦНИИПС–2 yelimlari va boshqa- lar kiradi. Yelimlar qanday moddalardan tayyorlanishiga qarab, go‘shtlarda, suyak, baliq, kazein, albuminli hayvonot yelimlari, loviya, no‘xat, kunjut, kartoshka, jo‘xori, guruch kraxmallaridan olinadigan o‘simlik yelimlari va smolalardan tayyorlanadigan yelimlarga bo‘linadi. Faner tayyorlashda, asosan, albuminli, kazein, o‘simlik yelimlari- dan foydalaniladi. Namga, suvga chidamli fanerlar va yelimlangan yog‘ochdan qurilish konstruksiyalari tayyorlashda smola yelimlari- dan foydalaniladi. Go‘shtparda va suyak yelimlari duradgorlik yelimlari hisoblanib, ular qushxona va teri zavodlari chiqindilarini pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan yelimlar yordamida har qan- day materialni shu turdagi yoki boshqa turdagi material bilan (masa- lan, yog‘och bilan yoki metall bilan) birlashtirib turli ajralmas birik- malar hosil qilish mumkin. Tarkibi sintetik materiallardan iborat bo‘lgan yelimlarning asosiy hamda zaruriy xususiyatlari shundan iboratki, ular yordamida hosil qilingan birikmalar atmosferaga, korroziyaga va chirishga chidamli- dir. Yelimlarning yana bir afzal tomoni shundaki, yelimli birikmalar har qanday ajraluvchi (boltli, shpilkali, vintli va h.) hamda ajralmas (parchinmixli, payvandlangan) birikmalarga nisbatan ancha yengil bo‘ladi, tannarxi arzon, tuzilishi sodda bo‘ladi. Sintetik yelimlar, avtomobil, aviatsiya, kemasozlik, elektro va radiotexnika, yog‘ochni qayta ishlash, poyabzal, poligrafiya va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida keng ishlatilmoqda. Yelimli birikmalar puxta chiqishi uchun: a) yelimlanadigan sirtlar silliq bo‘lmasligi, ya’ni sirtlar, g‘adirbudur, notekis bo‘lishi kerak; 148 b) yelimlangan birikma yelim qurib qotgunga qadar qayta ishlanmas- ligi lozim; d) hosil qilingan birikmani qisqichlar orasiga olib, quri- gunga qadar qo‘zatmaslik zarur. Quyida maktablar, litseylar, kollejlar va oliy o‘quv yurtlarining o‘quv ustaxonalarida ko‘proq ishlatiladigan ba’zi yelimlarning tarkibiy qismlari va xususiyatlari hamda yelimlash texnologiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar keltiriladi. Konstraksion metallar va nometall materiallarni termoizolatsi- yalarga, gazlamalarga va dekorativ qoplama materiallariga yelimlab biriktirish uchun ВK–32–2, ВKT–2Н, 88Н, ПУ–2M, AK–20, ПK– 10, XВK–20 va boshqa yelimlar ishlatiladi. Metallmas materiallar (yog‘ochlar, shisha, plastmassalar, tekstolit- lar, penoplastlar va b.) ВИAM–ВЗ va ПУ–2 yelimlari bilan biriktiriladi. Organik shishaga boshqa materiallarni yelimlash uchun ВЗ–Ф9, ВK–32–70 vaПУ–2 yelimlari ishlatiladi. Rezinalar o‘zaro va metallar bilan 88Н, KП–6–18, ЧНБ, ВKР–7, KT–15, KT–25 yelimlari yor- damida biriktiriladi. Yelimlash jarayoni quyidagi tartibda bajarilishi kerak: a) yelimla- nadigan yuzalar turli iflosliklardan tozalanishi va g‘adir–budur qilini- shi lozim; b) biriktiriladigan sirtlarning bir tomoniga qo‘lda cho‘tka va pulverizator yordamida yelim surtilishi kerak; d) biriktiriladigan detallarni havoda (xona haroratida) tutib turib yelim tarkibidagi uchuvchi moddalar chiqib ketishiga imkon berish zarur; e) biriktirila digan sirtlarni birlashtirib, qisuvchi yoki bosuvchi qurilmalar bilan qisib qo‘yish kerak; f) qisib yoki bostirib qo‘yilgan detallarni ma’lum haroratda muayyan vaqt davomida saqlash lozim, chunki turli yelim- larning qotish harorati va muddati har xil bo‘ladi; g) biriktirilgan de- tallarni tozalash va birikmaning mustahkamligini tekshirish (bunda birikmay qolgan joylar yo‘ligiga e’tibor berish) kerak va h. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling