Materialshunoslik indd


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Kazeinli yelimning asosiy tarkibiy qismini yog‘i olingan sutdan 
tayyorlangan quruq suzma tashkil etadi. Quruq kazein yelimi 5–10 
mm li qattiq donachalar ko‘rinishida yoki oqish, ba’zan och sariq tusli 
kukun holida tayyorlanadi. Kukun (tolon holidagi) kazein yelimi ka-
zein, so‘ndirilgan ohak, natriy ftorid, soda mis kuporosi va kerosin 
aralashmasidan iborat. Bu moddalar tegishli yelimning turli xossala-
rini yaxshilash uchun qo‘shiladi. Masalan, mis kuporosi yelimning 
nam va suvga chidamliligini oshirib, chirishdan saqlaydi; kerosin esa 
tolonning mushtlashib qolmasligini ta’minlaydi; natriy ftorid va soda 


150
erituvchi sifatida qo‘shiladi; so‘ndirilgan ohak yelimning o‘ta pux-
taligini ta’minlaydi.
Sanoat miqyosida kazeinli yelimlarning “Ekstra” va oddiy navlari 
ishlab chiqariladi.
Kazeinli yelim besh oy muddat ichida foydalanishga yaroqlidir.
Yuqorida nomlari qayd qilingan yelimlar faqat yog‘och material-
larni o‘zaro biriktirish uchun mo‘ljallangan.
Turli materiallarni bir­biriga yelimlab yopishtirish uchun esa kar-
binolli yelimlardan keng foydalaniladi.
Karbinolli yelim (MПФ–1, БK–2, Л–4 va b.) tashqi ko‘rinish ji-
hatidan rangli glitseringa o‘xshash xushbo‘y, och sariq rangli, tiniq 
suyuqlikdir.
Material ustiga yupqa qilib surtilgan bu yelim tezda qotib, ben-
zinda, moylarda erimaydigan, suv va kislota ta’siriga chidamli parda 
hosil qiladi.
Karbinolli yelim bilan yog‘ochni metallga, metallni shisha, charm, 
marmarga yopishtirib, mustahkam, ajralmas birikmalar hosil qilinadi.
Glyutinli yelim. Hozirgi vaqtda bu yelimlar o‘zlarining ko‘pgina 
ijobiy xususiyatlari (yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan birikmalar 
hosil qilishi, tayyorlanishining oddiyligi, kimyoviy inertligi, zararsiz-
ligi, tayyor yelimni saqlash juda osonligi va b.) tufayli sanoat miqyo-
sida sintetik yelimlarni deyarli siqib chiqarmoqda.
Lekin, bunday yelimli birikmalarning uzoq qotishi yelimlarning 
kamchiligi hisoblanadi.
Glyutinli yelimlar tarkibidagi boshlang‘ich moddalarga qarab 
go‘shtparda, suyak va baliq yelimlariga bo‘linadi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling