Materialshunoslik indd


Polivinilatsetatli yelimlar


Download 6.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/171
Sana31.10.2023
Hajmi6.82 Mb.
#1736043
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171
Bog'liq
Materialshunoslik

Polivinilatsetatli yelimlar turli charm, qog‘oz, yog‘och, mato, 
shisha va metallarni biriktirish uchun ishlatiladi. Ayniqsa, abraziv 
sanoati tarmoqlarida juda keng ishlatiladi. Polivinilatsetatli yelimlar 
polimerlar eritmasi (yelimi); tarkibida uchuvchi (bulg‘anuvchi) mod-
dalar bo‘lmagan yelimlar; emulsion tarkibli yelimlar kabi guruhlarga 
bo‘linadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘quv ustaxonalarida, turmush-
da, ko‘pincha suv­emulsion yelimlar keng ishlatiladi, chunki bunday 
yelimlarning tannarxi arzon, zararsiz, yonmaydi, yelimli choklar bi­
linmaydi (ko‘rinmaydi).


151
Rezinali yelimlar, asosan, eritmalarga kauchuk yoki rezinali ara­
lashmalarni qo‘shib eritish orqali hosil qilinadi. Bunday yelimlar vul-
kanizatsiyalovchi (tabiiy kauchukning organik eritma bilan aralash­
masi), issiqda vulkanizatsiyalovchi (140–150 °C harorat ta’sirida) 
va o‘zi vulkanizatsiyalovchi (xona haroratida) yelimlar guruhlariga 
bo‘linadi. Ikkinchi va uchinchi guruhlarga kiruvchi yelimlarga, aso-
san, sintetik smolalar qo‘shiladi. Ushbu yelimlar bilan hosil qilingan 
birikmalar vulkanizatsiyalovchi yelimlar yordamida olingan birikma-
larga nisbatan ancha mustahkam bo‘ladi. 88 va 88Н markali rezinali 
yelimlardan eng ko‘p foydalaniladi. Ular, asosan, rezinali aralashma-
larni va butilfenolformaldegidli smolalarni etilatsetat va benzinda eri-
tish orqali hosil qilinadi.
Rezinali yelimlar yordamida rezinani rezina bilan, metallar, 
shishalar va boshqalar bilan birlashtirib, yelimli birikmalar olinadi.
Bundan tashqari, texnikaning turli sohalarida metallarni o‘zaro va 
nometall konstruksion materiallar bilan yelimlab birikma hosil qilish 
uchun tarkibi sintetik smolalar va sintetik kauchukdan iborat bo‘lgan 
yelimlar (БФ–2, БФ–4, ВC–10T ВK–32–200, ВK–3, ВK–4, K–153) 
va epoksidli yelimlar (Пр va ПВK–1, ВK–7, ПУ–2, ВK–5) ham keng 
ishlatiladi.

Download 6.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling