Materialshunoslik indd
O‘tga chidamli materiallar
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.3. Rezina va yog‘och materiallar Rezina materiallar.
O‘tga chidamli materiallar.
O‘tga chidamli materiallarga qo‘yilgan talablar: 1. Yuqori haroratda ham yetarli darajadagi mustahkamlikka ega bo‘lishi. 2. Termik turg‘unlik: harorat o‘zgarishi bilan hajmini o‘zgarmasligi. 3. Kimyoviy turg‘unlik: erigan metall, shlak va gazlarga nisbatan. 9.3. Rezina va yog‘och materiallar Rezina materiallar. Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezi- nasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiped shinalari, o‘tkazgichlarining izolatsiyalari, g‘ovvoslarning kiyimlari, aerostat ballonlari, shlanglar, dam berib shishiradigan qayiqlar, pro- tivogazlar, shuningdek ko‘pgina xalq xo‘jaligi mashina–mexanizm- lari, qurilmalar va muhandislik konstruksiyalarida rezina juda keng ishlatiladi. 132 Rezina materiallar, asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifi- katorlar, vulkanizatsiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan konstruksion materialdir. Bulardan eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta (100 % ga- cha) deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir. Rezina olish uchun asosiy material kauchukdir, ya’ni rezinadagi aralashmaning 10 – 98 % ni kauchuklar tashkil qiladi. Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, oddiy ha- roratda yuqori plastiklik xossasiga ega. Tabiiy polimer–kauchuk, hindcha “kaochu” so‘zidan olingan bo‘lib, “daraxtning ko‘z yoshi” degan ma’noni anglatadi. Darhaqiqat kauchuk daraxtini kesganda undan suyuqlik (ko‘z yoshi) ajralib chiqadi. Shuning uchun hindlar juda qadimdan oq yog‘och smolasi (kauchuk) dan foydalanib kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchukli o‘simliklar (daraxtlar)dan olinadi.U efir, benzin, mineral moylarida yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90 °C gacha qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0 °C dan past haroratda esa qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmat- baho material. Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanilmas- dan, balki sintetik kauchuklar (CK) hosil qilinib, ulardan keng foy- dalanilmoqda. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida juda rangbarang sintetik kauchuk va shunga o‘xshash konstruksion materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, atsetilen, butan, etilen, benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar sinte- tik kauchuk hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklarning sintetik kauchuk- larga nisbatan mustahkamligi yuqoridir, lekin TK larning sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh berish xususiyatlari CK ga nisbatan ancha past. Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus tur- larga bo‘linadi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinalar suvda, kis- lota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda (50 °C dan 130 °C 133 gacha) haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday rezinadan mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor tasmalari, kabellarning izolatsiyalari (qoplamalari) va boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi. Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moy- benzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektr o‘tkazmaydigan; gazlar va suyuqliklarga chidamli turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, max sus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va vul- kanizatsiyalash jarayonida metall turlar, qistirmalar rezina aralashma- si orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi va egiluvchanligi oshiriladi). Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma tasmalari, trans- portyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling