Materialshunoslik indd
-rasm. Har хil keramika va grafitni mustahkamligini
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
9.6-rasm. Har хil keramika va grafitni mustahkamligini
haroratga bog‘liqligi. Pishirilgan Al 2 O 3 va BeO lar yuqori harorat o‘tkazuvchan bo‘lib eng katta termoturg‘unlikka ega. Kislorodsiz keramika o‘zining oliy issiqbardoshligi, qattiqligi va ishqalanishga chidamliligi bilan ajralib turadi. Bular qatorida uglerodni elementlar bilan birikmalari: bor bilan – boridlar, azot bi- lan – nitridlar, kremniy bilan – silitsidlar, oltingugurt bilan – sulfidlar. Ko‘pchilik kislorodsiz keramikalar po‘lat va qotishmalarga nis- batan yuqori haroratlarda mustahkamlikni kam yo‘qotadilar. Kremniy karbidi himoya qoplama sifatida ishlatiladi (SiC – kor borund) elektr qizdiruvchi pechlarda. Jilvirlashda abraziv materiali sifatida ham ishlatiladi. Titan karbidi TiC reaktiv dvigatellar va atom teхnikasida yuqori olovbardosh detallari ishlab chiqarishda foydalaniladi. TiC quyi dagi хossalarga ega: γ=4920 kg/m 3 ; T erish =3150°C; α=9,6*10- 6 *K -1 ; σ eg =280–400MPa. Boridlar yuqori qattiq, erish harorati baland: CrB 2 niki T er =2200°C, HB uchun T er =3250°C. Boridlarning issiqda kamayishi yo‘q hisob- daligi uchun 5500°C da ham ishlatib beriladi. Bor nitridi dvigatel “soplo”larida ishlatiladi, yumshoq, qaytaruv- chi va neytral muhitda turg‘un. Yuqori haroratda хam termoturg‘un. MPa 600 t, o C 2400 1600 800 0 10 30 60 100 300 б В , Mg 0 Zr 0 2 Be 0 A1 2 O 3 Grafit 131 Yuqori harorat va bosimda olmos sifat kubik strukturaga o‘tkazish mumkin, nomi “borazon”, zichligi 3450kg/m 3 erish harora- ti T er =3000°C. Qattiqligi olmos qattiqligiga teng. Oksidlanishga turg‘un, 1900–2000°C хom, qachonki olmos 880°C da temir Fe ga reaksiya beradi. Ittriy oksidi J 2 O 2 (5–10%) bilan legirlangan kremniy nitridi 1370°C da ishlaydigan dvigatel gaz turbinasida qo‘llaniladi. Ikki keramika asosida, ya’ni oksid ionli Al 2 O 3 (korund) va kislo- rodsiz kovalentli Si 2 N (kremniy nitridi) asosida sintezlab yangi sa- marador material “Siamon” olingan, ifodasi Si 6х *Al х *N 8х *O x . Bu keramikadan yasalgan detal 1700°C da pishiriladi. Olingan mahsulot olovbardosh po‘latlarga nisbatan 3 marta yengil va 10marta arzon. Shuning uchun undan dvigatel silindri bloklari, gazoturbin lopatka- lari yasalyabdi, qaysilarki issiqlik kuchlanishida ishlaydigan. Silitsidlarning zo‘r хususiyatlaridan biri qizdirilganda kuyundi hosil bo‘lishiga turg‘un (olovbardosh) : 1300–1700°C da ham. Eng tarqalgan MoSi 2 . Molibden disulfidi – MoS 2 ishqalanib yeyilishga qarshiligi yuqori; vakuumkosmik teхnikasida quruq moylovchi tarkibida ishlatiladi. Download 6.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling