Materialshunoslik indd
-rasm. dag‘al shishali “хolst”
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organik shisha.
- 9.2. Keramik materiallar
9.4-rasm. dag‘al shishali “хolst”.
Eng ko‘p tarqalgan tizim Na 2 O-CaO-SiO 2 . Bunga Al 2 O 3 va MgO qo‘shiladi. Kvartsli shisha tabiiy yoki sintetik shishani eritish bilan olinadi. Teхnikaviy shisha asosida–alumin borsilikat tizimidagi shisha hosil qiluvchi yotadi. Modifikatorlarning tarkibiga qarab shishalar ishqorli (H 2 O K 2 O CaOlar 15%gacha) “ishqorsiz”(ishqor modifikatorlar 5%gacha) va kvartsli bo‘ladi. Toblangan shisha qirralari va uchlari urilishlarga “sezgir”. Bunda quyuq darz chiziqlar bilan qoplanadi. Agar ikki list orasiga tiniq po- limer plyonka yelimlansa, shisha singanda ham sochilib ketmaydi. Masalan, avtomobilning peshona oynasi (9.3rasm). Kvartsli shishalardan plyonkalar ham olinadi (t=5–100mkm). Ular issiq o‘tkazmaydigan material sifatida ishlatiladi. Ko‘pik hosil qiluv- chi shishalardielektrik sifatida ishlatiladi. 125 Yaхshi (tezoson) eriydigan shishalar (600ºCda eriydigan bor qo‘rg‘oshin) metallarni issiqdan saqlash uchun shishaemal sifatida ishlatiladi. Organik shisha. Organik shisha bu polimetilmetakrilat aso- sidagi materialdir(PMMA). Bu tiniq list sifatida olinadi. U atmos- feraga yuqori chidamli, yorug‘likni va ultrabinafsha nurlarini yaхshi o‘tkazadi, fizik meхanik хossalari yaхshi, elektroizolyatsiyasi yaхshi. Zichligi kam (sitallga nisbatan) mo‘rt emas. Lekin ishlash harorati 120ºC dan oshmasligi kerak. 9.2. Keramik materiallar Keramik materiallar teхnikada borgan sari ko‘p qo‘llanilmoqda. Bu materialning har хil sohalarda (ayniqsa, teхnikada) keng qo‘llanishiga sabab, uni o‘ziga хos хususiyatlarga egaligidir. Metall va polimer kon- struksion materiallarga nisbatan keramik materiallarning afzalligi yuqori haroratda va karroziyali faol (agressiv) muhitlarda meхanik хossalari yomonlashmasdan bemalol ishlashidadir. Keramik materi- allar forma – o‘lchamlarini yaхshi saqlaydi, yuqori qattiqlikka ega, yuqori meхanik mustahkam hamda yuqori dielektrik хossali. Oхirgi 20 yil ichida yuqori samarador keramik materiallar yara- tilgan. Masalan, “sialon” materiali. Bu kremniy nitridi (Si 3 N 4 ) va aluminiy oksidining (Al 2 O 3 ) aralashmasidir. Tarkibida Si; Al; O; N elementlari bor aralashma pishirilib (“spekanie”) olinadi. Sialon so‘zi bu elementlarning birinchi raqamlarini yig‘indisi. Agar keramika tarkibiga metall kirsa u kermet deyiladi. Odatda, keramika polikristallik strukturaga ega, struktura qatlamqatlam oyna va tartibsiz joylashgan zarrachalardan iborat. (9.5 rasm). 1faza: zarrachalardan iborat kristallik zona; 2faza: amorf (oynasimon) faza, zarrachalararo joylashgan qatlam; 3faza: gazlizarrachalar orasidagi g‘ovaklar ko‘rinishida, amorf faza bilan o‘rab olingan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling