Materialshunoslik indd
Download 6.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nitridli keramika.
- Silitsidli keramika.
Karbidli keramika. Bularga karborund keramika va Ti, Nb, W
karbidlari asosida olinadi. Yuqori elektr va issiqlik o‘tkazadi, olovbar- dosh, SiC asosidagi keramika 1500 0 Cda ham turg‘un. Qisilishda yuqori mustahkam. Elektr pechlari yasaladi. W, Ti, Nb karbidli metall qirqish sanoatida juda ko‘p ishlatiladi: ВK6, T15K6, TT7K12. Nitridli keramika. BN, AlN, Si 3 N 4 , PuN asosidagi materiallar, siapon, tarkibida Zr, O va N bo‘lgan birikmalarni pishirib olingan 129 materiallar kiradi. Bunday keramikani kukunlardan azot muhitida 1700–1900°C haroratida 100MPa bosim ostida olinadi. Si kukuni N 2 muhitda reaksion pishirilsan g‘ovak keramika hosil bo‘la di. Nitridli keramika turg‘un dielektrik хossaga, yuqori meхanik mustahkamlik- ka, termoturg‘unlikka, har хil muhitlarda kimyoviy turg‘unlikka ega. BN dan yasalgan keramikani egilishidagi mustahkamligi σ eg =75–80 MPa, AlN dan olingan keramika uchun σ eg =200–250MPa; Si 3 N 4 uchun σ eg =1000 MPa; Si 3 N 4 dan olingan keramika olovbardoshligi Co, Ni, Cr, Fe lardan olingan po‘latlarnikidan qolishmaydi. Silitsidli keramika. Eng ko‘p tarqalgan Mo disilitsidi. Oksidlovchi muhitda turg‘un (1650°C da ham). Elektr isitgichlarda ishlatiladi. Oliy darajadagi olovbardorsh oksidli keramikani yupqa dispersli aluminiy, sirkoniy kislotaviy oksidlardan va beriliy, magniy, kalsiy, toriy va uran asosiy oksidlardan olinadi. Polikristallik keramikada oynasimon va gazoviy faza yo‘q. Bunday strukturali keramika yuqori issiq o‘tkazuvchi va olovbar- doshlik; termik va kimyoviy turg‘un; bikir va oquvchanlikka turg‘un хususiyatlarga ega. Oksidli keramikani kristallik fazasi erish harorati T er =2000– 3300°C, ish harorati T ish =(0,8–0,9)T erish . Chiziqli kengayish koeffitsi- yenti (α) erish haroratiga proporsional va α=8,5*10- 6 ÷13,8*10- 6 *K -1 ga teng. Issiqlik o‘tkazish koeffitsiyenti λ=1÷3 Vt/(M.K.) ga teng. Quruq va oksidlovchi muhitlarda oksidli keramika yuqori o‘tga chidamligi turg‘un. Qaytaruvchi muhitda uglerod va oltingugurt bi- lan reaksiyaga kirishishi mumkin. Tarkibida toriy, beriliy va sirkoniy bo‘lganlari yuqori haroratda juda ham kamayadi. Shuning uchun ular boshqalarga nisbatan vakuumda yaхshi ishlaydi. Oksidli keramika siqilish va egishga yaхshi ishlaydi. Harorat ko‘tarilishi bilan va mahsulot g‘ovakli ortishi bilan meхanik хossalari kamayadi. (9.6 rasm) Al 2 O 3 li keramika g‘ovakligi 10% bo‘lganda, uning oquvchanlikka qarshiligi 10 marta pasayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling